Please log in or register to like posts.
News

Illuziya xonasi

Avstriyalik rassom Piter Kogler keng miqyosda aqlbovar qilmaydigan narsalarni yaratish uchun san’at, musiqa va videodan foydalanadi.

Ko’rib turganingizdek, uning xonalari eng miyani chalg’ituvchi mayda dizaynlar bilan to'ldirilgan.

Tashrif buyurishga arziydigan eng g’aroyib xonalar

Yaqinda Xorvatiyadagi Zamonaviy san’at muzeyida bo’lib o’tgan ko’rgazmada rassom oddiy xonani odamlar vaqt va makonda adashadiganjoyga aylantirish uchun devorlarni, shiftni va polni har xil burama quvurlar bilan to’ldirdi.

Tashrif buyurishga arziydigan eng g’aroyib xonalar

Nuqtachalardan iborat g’ayrioddiy xona

Yaponiyalik rassom Yayoi Kusama qiziqarli loyihani amalga oshirib, tashrif buyuruvchilarga butunlay oq rangdagi xonani minglab rangli stikerlar bilan to’ldirish imkonini berdi. Oq devorlari, jihozlari va bezaklari bilan “Obliteratsiya xonasi” deb nomlangan kabinet asta-sekin rang bilan to’ldirilib, dastlabki ko’rinishini o’zgartirdi.

Tashrif buyurishga arziydigan eng g’aroyib xonalar

Afsuski, xona 2011 yilda taqdim etilgani bois, endi uni o’z ko’zingiz bilan ko’rishingiz mumkin emas, lekin siz ushbu rassomning boshqa installyatsiyalarini ko’ra olasiz.

Tashrif buyurishga arziydigan eng g’aroyib xonalar

Tashrif buyurishga arziydigan eng g’aroyib xonalar

Cheksiz ko’zguli xona

87 yoshli yaponiyalik rassom Yayoi Kusamaning “Cheksiz ko’zgular xonasi – millionlab yorug’likdagi ruhlar” deb nomlangan yana bir ishi “to’xtagan va abadiy davom etadigan” ikki tomonlama vaqt tuyg’usini uyg’otadi.

Tashrif buyurishga arziydigan eng g’aroyib xonalar

Xona ommada shunchalik qiziqish uyg’otgan ediki, qiziquvchilar Nyu-Yorkdagi muzeyda uzun navbatlar kutib turishar va mehmonlarga xonada faqat 40 soniya bo’lish huquqi berilgan edi.

Tashrif buyurishga arziydigan eng g’aroyib xonalar

Shovqinsiz xona

Nafaqat rassomlar, balki olimlar va muhandislar ham eng g’aroyib xonalarni qanday yaratishni bilishadi. Bunday xonaga shovqinsiz honani misol qilish mumkin. Ularda tovush to’lqinlari tekshirilib, ularni har qanday tashqi ta’sirlardan ajratib turadi. Bular juda sokin xonalar, shu qadar tinchki, agar siz biron birida vaqt o’tkazsangiz, aqldan ozishingiz hech gap emas.

Tashrif buyurishga arziydigan eng g’aroyib xonalar

Dunyodagi eng sokin xona AQShning Minneapolisidagi Orfield Laboratoriya xonasi hisoblanadi. Devorlar shu qadar tovushni singdiradiki, ichki organlaringiz ishlayotganini eshitasiz. Ushbu xonada bir oz sukutda o’tirishingiz mumkin. Biroq, odamning kamerada ushlab turishi mumkin bo’lgan eng uzoq vaqt atigi 45 daqiqani tashkil qiladi.

Tashrif buyurishga arziydigan eng g’aroyib xonalar

5. “Van Gogning jonlangan chizgilari”

Ko’pchilik Van Gogning u yoki bu asarini qaysidar darajada taniydi. Qanday qilib muzeylar ushbu rassomning ishi bilan tanish bo’lganlarning e’tiborini yanada ko’proq jalb qilishi mumkin? “Van Gogning jonlangan chizgilari” ko’rgazmasi dahoning taniqli asarlarini butunlay boshqacha ko’rinishda ko’rish imkonini beradi.

Tashrif buyurishga arziydigan eng g’aroyib xonalar

Dasturlar, ulkan ekranlar va atrofdagi tovushlar yordamida tomoshabinlar Van Gog o’z asarlarini yozayotganda qanday his-tuyg’ularni his qilganini tuyish imkoniyatiga ega, chunki uning hayoti ko’plab burilishlar bilan to’lgan.

Tashrif buyurishga arziydigan eng g’aroyib xonalar

Reactions

0
0
0
0
0
0
Already reacted for this post.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *