Siz kun davomida tabassum qilasizmi?

Bilasizmi, inson yuzini 44 ta muskullar tashkil etib, ular 5000 ga yaqin yuz ifodalarini namoyon qiladi va bularning asosini tabassum tashkil etadi.

Tabassum sizni baxtli qiladi (hatto yomon kayfiyatda bo’lganingizda ham). Xursand bo’lganingizda esa, inson tanasi endorfin deb nomlanuvchi moddani ishlab chiqaradi va ular kayfiyatingizni ko’taradi.

Tabassum sizni yanada maftunkor qiladi. Xo’mrayish insonlarni o’zidan qochiradi, tabassum esa o’ziga tortadi.

Tabassum stress holatidan chiqishga yordam beradi, hayajonni bosadi va salomatlikka ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Uyquni yaxshilashga ham yordam beradi.