Hozir 2021 yil va hech kimni (siz erkak yoki ayol bo’lishingiz mumkin) qaergadir «qo’yib yuborish» yoki «qo’yib yubormaslik» kabi tushunchalar bo’lmasligi kerak. Ammo hamma ham u qadar demokratik emas va hali hech kim «an’anaviy oilaviy qadriyatlarni» ham bekor qilmagan. Sizga, keyinroq «qaerda va kim bilan yetaklashib yurganini» rasmlar va layklardan aniqlashni istamasangiz, eringizni qaysi davlatlarga yaxshisi qo’yib yubormaslik kerak ekanligini aytib beramiz.

Tailand

Sayohat uchun eringizni yolg'iz qo'yib yubormaslik kerak bo'lgan mamlakatlar… U yerlarda faxsh katta biznesga aylangan!

 

Yoqimli iqlim, mukammal xizmat qo’rsatish va arzon narxlar (shu jumladan aviachiptalarga) — uerga oilangiz bilan ham borishingiz mumkin. Ammo agar erkak Tayga yolg’iz o’zi (yoki undan ham yomoni — do’stlari bilan) boradigan bo’lsa, unda sayohatning maqsadi haqida shubhalanmasa ham bo’ladi. Tailandda 2-3 millionga yaqin pulga jinsiy aloqa bilan shug’ullanadigan ayollar bor, shuning uchun ularning xizmatlaridan qutulib qolish imkonsizdir. Ha, ping-pong shou ham sport bilan bog’liq emas, ochig’ini aytaveraylik.

Niderlandiya

Sayohat uchun eringizni yolg'iz qo'yib yubormaslik kerak bo'lgan mamlakatlar… U yerlarda faxsh katta biznesga aylangan!

Qizil chiroqlar mavzesi (aslida ular har xil ranglarda, qizil ranglar qizlar «ko’rgazma» ga chiqarilgan vitrinalarga xosdir) — Amsterdamning bir qismi bo’lib, u boshqa narsalar qatori madaniy yodgorlik sifatida ham diqqatga sazovor joy. Ammo agar eringiz u yerga «shunchaki tomosha uchun» borganini aytgan bo’lsa, demak u hiyla ishlatyapti: 2020 yildan buyon mavzega tashrif buyurish uchun faqatgina aniq maqsad bo’lsagina ruxsat beradigan qonun loyihasi kuchga kirdi.

Yaponiya

Sayohat uchun eringizni yolg'iz qo'yib yubormaslik kerak bo'lgan mamlakatlar… U yerlarda faxsh katta biznesga aylangan!

Yaponiyada fohishalik 60 yildan ortiq vaqtdan beri taqiqlangan, ammo bu yerda “fohishabozlik” va «sanoati» tushunchalari teng emas. Ha, chet ellik (ayniqsa, yapon tilini bilmagan holda) buzuqlar bilan uchrashishi yoki mahalliy qiz bilan «an’anaviy» jinsiy aloqada bo’lishi ehtimoldan yiroq … Ammo qolgan har qanday rohat olish imkoniyatlarini taklif qiladigan massaj salonlarini hech kim bekor qilmagan (“tezkorlari” hatto metro stansiyalarida ham mavjud).

Ukraina

Sayohat uchun eringizni yolg'iz qo'yib yubormaslik kerak bo'lgan mamlakatlar… U yerlarda faxsh katta biznesga aylangan!

Agar internetga ishonsak, demak Ukrainadagi deyarli har bir qiz eskort bilan shug’ullanadi — ayniqsa, Turkiyadagi va Yevropa Ittifoqining ayrim mamlakatlaridagi erkaklar bunga aminlar. Albatta, bu safsata — bu yerda har qanday qo’shni Yevropa mamlakatlariga qaraganda pulga jinsiy aloqa bilan shug’ullanadigan ayollar ko’p emas. Ammo mahalliy ayollarning go’zalligini inkor etib bo’lmaydi — shundan, hatto eringiz hech qachon bunday narsalar haqida o’ylamagan bo’lsa ham, endi, hech bo’lmaganda, hayoli bir qochadi.

Chexiya

Sayohat uchun eringizni yolg'iz qo'yib yubormaslik kerak bo'lgan mamlakatlar… U yerlarda faxsh katta biznesga aylangan!

Praga — bu xilma-xillik va Sharqiy Yevropa davlatlariga xos bo’lgan nisbatan arzon narxlar degani. Shuningdek, dunyodagi yagona jinsiy aloqa mashinalarining muzeyi ham bor va, bundan tashqari, chexlar jinsiy xizmatlarni taklif qiladigan qizlarga (va yigitlarga) ko’z yumishadi. Uzoqqa bormaylik — bu yerda siz hatto “bepul” fohishaxonalarni topishingiz mumkin: gap shundaki, siz jinsiy aloqa uchun pul to’lamaysiz, ammo ishtirokingizdagi videodan foydalanishga rozilik bildirasiz.

Manba: www.aviasales.uz