Serial 2022 yilning 27 yanvaridan boshlab ekranlarda namoyish etiladi.
Millionlab muxlislarga ega futbolchi Krishtianu Ronaldoning sevgilisi Ispaniyalik model Jorjina Rodriges «Netflix»da o’zi haqida yaratilgan serialda suratga tushdi.

«Netflix» Ispaniyaning mashhur modeli, futbolchi Krishtianu Ronaldoning sevgilisi, sohasi bo’yicha ko’plab xalqaro mukofotlarning sohibasi Jorjina Rodrigezning hayoti va kasbiy faoliyati aks etgan «Men Jorjinaman» nomli serialni suratga oldi va ushbu serialda uning o’zi bosh rolni ijro etgan. Hozirda serialning faqat treyleri namoyish etilgan va uning to’liq qismlari 2022 yilning 27 yanvaridan boshlab ekranlarda namoyish etilib, sotuvga chiqariladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Jorjina Rodrigez Krishtianu Ronaldu bilan 2016 yildan buyon birga yashaydi, biroq hali rasman turmush qurmagan. Juftlikning birinchi farzandi 2017 yilda dunyoga kelgan. Ayni vaqtda Alan ismli bir qizni tarbiya qilayotgan Krishtianu Ronaldo va Jorjina Rodrigez 2022 yilning yozida egizak farzandlarning ota-onasi bo’lishini ma’lum qilgan.