Bu qiziq

«Qozog’istonlik Xatiko». It vafot etgan egasining qabrini 2 oy davomida qo’riqladi (video)

Комментариев нет

Qozog’istonda vafot etgan egasining qabrini ikki oy qo’riqlab yotgan it mashhurlikka erishdi. Uni dunyoga mashhur Xatikoga qiyoslashmoqda, deb xabar beradi Tengrinews.

Ushbu it haqida birinchi bo’lib olmaotalik Aleksandr Vogau so’zlab bergan. Erkak itni 18 dekabr kuni payqab qolgan. U itni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

«Mana, yigitlar, bu itlarga xos haqiqiy fidoiylik. Odamlar bundan o’rnak olishi kerak. Qor kamida 10 kun oldin yog’gan, bu joy esa quruq. It u yerda xuddi postdagidek — har kuni», — deydi video muallifi.

Aleksandr Voguaning so’zlariga ko’ra, u qarindoshlaridan birini dafn etish uchun qabristonga borgan.

«Uch kun davomida u yerda bo’lgan bo’lsam, it postda edi. Oldiga borib, ovqat berdim. Bu kabi fidoiylik insonlar uchun namuna. Shu sababli yonidan jimgina o’tib keta olmadim, suratga oldim, ovqatlantirdim. O’zimni uchta itim bor, bo’lmasam uni ham olib ketar edim. Itning egasi dafn etilgan joy eng burchakda — yelvizak bo’ladigan joyda. Agar u isinishni xohlaganida, boshqa joyda o’tirgan bo’lardi», — deydi Aleksandr Vogua.

«Qozog'istonlik Xatiko». It vafot etgan egasining qabrini 2 oy davomida qo'riqladi (video)

Erkakning aytishicha, qabriston qorovuli it qabr qarshisida 1,5 oydan buyon o’tirganini so’zlab bergan. Avvaliga u bunga e’tibor bermagan, biroq keyinchalik itni ovqatlantirishni boshlagan.

«Qozog’istonlik Xatiko» haqida «Oq Bim» nomli hayvonlar uchun boshpana berish bilan shug’ullanadigan tashkilotning volontyorlari xabar topgan. Ular itni olib ketib, uni boshqa boshpanasiz hayvonlar oldiga joylashtirgan.

«Qozog'istonlik Xatiko». It vafot etgan egasining qabrini 2 oy davomida qo'riqladi (video)

Volontyorlarning so’zlariga ko’ra, it juda aqlli va mehribon. Hozirda ushbu itni boqib olishni xohlovchi yangi xo’jayin qidirilmoqda.

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

NASA-Yerga yana 3 ta xavfli asteroid yaqinlashmoqda
Dunyodagi eng katta aysberglardan biri parchalanmoqda
Меню