Payshanba kuni Nur-Sultonda yashovchi Qayirbek Ayashev muzli daryoda turish bo’yicha Qozog’iston yangi rekordini o’rnatdi.

28 yanvar kuni 45 daqiqalik rekord Nur-Sulton yaqinidagi Ishim daryosida qayd etildi. Uchinchi yil ketma-ket Sputnik Qozog’iston muxbirlari krioatlet («qishki suzish sporti» bilan shug’ullanadigan odamlar) yangi rekord o’rnatish jarayoniga guvoh bo’lishdi.

Ayashev uch karra mamlakat rekordini o’rnatdi, har yili 5 daqiqadan ko’paytirmoqda.

Tayyorgarlik ko’rmagan odam muzli suvda 10-15 daqiqa tursa, haddan tashqari sovib ketish, o’limga olib kelishi mumkin.

Sportchi 2022 yilda yangi rekord o’rnatish uchun tayyorgarlik ko’rmoqda. Erkaklar uchun jahon rekordi 2 soat bo’lib – rossiyalik Dmitriy Balabanovga tegishli. Ayollar orasida – bir soat, rossiyalik ayol Osman Delibash tomonidan o’rnatilgan.