O’zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning jiyani Diyora Usmonova Toshkentda yangi restoran ochdi. Usmonova poytaxtdagi Basilic mediterranean restaurant & lounge va HORI Japanese Pan-Asian restaurant & lounge kabi restoranlarga egalik qiladi. Bu uning uchinchi tamaddixonasi bo’lib, u Diyoraning qizi Maryam sharafiga Bika club deb nomlanadi. Bika klub oilaviy tashrif buyurishga mo’ljallangan restoran bo’lib, unda bolalar maydonchasi, mahorat maktablari o’tkazishga mo’ljallangan maydonchalar mavjud.