Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Bunyodkor stadionida bo’lib o’tgan hashamatli tadbirning videosi tarqaldi. Ushbu tadbirni o’zbek biznesmeni sevgan qizi uchun tashkil etgan edi.

Tadbirkor Sanjar Karimov sevgan qizining qalbiga futbol maydonida qimmatbaho avtomashina orqali yo’l topmoqchi bo’ldi. Karimov qizga 300 ming dollarlik Bentley continental GT avtomobilini sovg’a qildi.

Ushbu tadbirdan video tarqalgach ko’plab foydalanuvchilar yigitning kim ekanligi bilan qiziqdi. Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, Sanjar Agro export group kompaniyasi rahbari hisoblanadi. Kompaniya O’zbekistonga qishloq xo’jaligi uchun urug’larni import qiladi. Yosh yigit davlat xizmatchisi emas, ota-onasi ham hukumat ishida ishlamaydi. Ma’lum bo’lishicha, Karimovning ota-onasi 30 yildan beri AQShda yashaydi. Tadbirkorning o’zi O’zbekistonda yashashni va yirik tadbirkorlik bilan shug’ullanishni afzal ko’rgan.