Ijtimoiy tarmoqlarda osmonda noma’lum jism uchishi aks etgan videomateriallar tarqaldi. Unga ko’ra ushbu hodisa Marg’ilonda va Samarqandda kuzatilgani aytilmoqda.

 

Mazkur holat bo’yicha Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti kichik ilmiy xodimi Kamoliddin Ergashev ma’lumot berdi.

 

Atilishicha, Marg’ilonda va Samarqandda olingan videomateriallardagi jismlarning uchish vaqti bir bo’lsa-da, ularning har ikkisi bir ob’yektga tegishliligi haqida qat’iy xulosa chiqarilmagan. Sababi Marg’ilonda olingan videodagi jism qo’shaloq va ortidan o’ziga xos ingichka va xira iz qoldirmoqda. Samarqandda olingan video sifati esa yuqoridagi faktlarni tasdiqlash imkonini bermaydi.

 

«Agar bu ob’yektlarni ortidagi xira izdan kometa va uning dumi deb tavsiflashga harakat qilinsa, uning videomaterialdagi nisbiy tezligiga ko’ra bu mumkin emas. Chunki kometa atmosferadan tashqarida va ancha uzoqda bo’lganligi sababli bunday katta ko’rinma burchak tezlikda harakatlana olmas edi. Agar Yerga juda yaqin kometa deb tasavvur qilinsa, bunday kichik o’lcham bilan u ortidagi dumini o’z gravitatsion maydonida tutib tura olmas edi.

 

Videomaterialdagi jismlarning yorqinligi fluktuatsiyalanuchi yoki portlovchan emas, harakati davomida deyarli o’zgarmas yorqinlikdali bo’lgani tufayli bu jismlarni Yer atmosferasiga kirib kelgan meteor deb sifatlash ham imkonsiz. Bundan tashqari, uning ko’rinma burchak tezligi meteor uchun juda kichiklik qiladi. Umuman olganda videomateriallarning sifati va ulardagi dalillar bu ob’yektlarning tabiati haqida xulosa berishga yetarli emas», deyiladi xabarda.