image0

 Joriy yilning so‘nggi 9 oyida O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. 

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari (FHDYO)  ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika bo‘yicha 664,6 mingta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan. Shundan 343,6 ming nafari (51,7 foiz) o‘g‘il bolalarni, 321 ming nafari (48,3 foiz) esa qiz bolalarni tashkil etgan. 

Hududlar kesimida tug‘ilishlarning 319,3 mingtasi (48 foiz) shahar joylarda, 345,3 mingtasi (52 foiz) qishloq joylarda ro‘yxatga olingan.

Mazkur davrda har ming nafar aholiga o‘rtacha 23,5 ta tug‘ilish to‘g‘ri kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi soni 38 mln 069,1 ming kishiga yetgani haqida xabar berilgandi. Ushbu sondan 18 mln 896,6 mingi (49,6 foiz) ayollar, 19 mln 172,5 mingi (50,4 foiz) esa erkaklarga to‘g‘ri keladi. Aholi o‘sishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 713,7 ming kishiga yoki 1,9 foizga ko‘paygan.

Bunyod Keldiboyev