Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchi ayollar ulushi 93,1 foizni tashkil etgan. Bu haqda uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlariga tayanib, Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Mazkur davrda ushbu ko‘rsatkich erkaklarda 95,3 foiz qayd etilgan.
O‘zbekistonda yillar kesimida internetdan foydalanuvchi ayollar ulushi:
- 2021 yil – 72,6 %;
- 2022 yil – 81 %;
- 2023 yil – 87,3 %;
- 2024 yil – 92,4 %;
- 2025 yil (yanvar-avgust) – 93,1 %.
Yillar kesimida internetdan foydalanuvchi erkaklar ulushi:
- 2021 yil – 80,6 %;
- 2022 yil – 86,9 %;
- 2023 yil – 90,9 %;
- 2024 yil – 94,2 %;
- 2025 yil (yanvar-avgust) – 95,3 %.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchi aholi ulushi 94,2 foizni tashkil etayotgani va mamlakat eng arzon internetga ega davlatlar ro‘yxatiga kirgani haqida xabar berilgan edi.