O‘zbekistonda qishloq joylarida yashovchilarning 93,9 foizi internetdan foydalanadi. Bu haqda joriy yilning yanvar-avgust oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlariga asosan, Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Mazkur davrda ushbu ko‘rsatkich shahar joylarda yashovchilarda 94,3 % qayd etilgan.
Yillar kesimida qishloq joylarda yashovchi internetdan foydalanuvchi aholi ulushi:
- 2021 yil – 72,3 %;
- 2022 yil – 81,8 %;
- 2023 yil – 87,6 %;
- 2024 yil – 92,6 %;
- 2025 yil (yanvar-avgust) – 93,9 %.
Yillar kesimida shahar joylarda yashovchi internetdan foydalanuvchi aholi ulushi:
- 2021 yil – 79,4 %;
- 2022 yil – 86,1 %;
- 2023 yil – 90,4 %;
- 2024 yil – 94 %;
- 2025 yil (yanvar-avgust) – 94,3 %.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Milliy statistika qo‘mitasi joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchi ayollar ulushi 93,1 foizni tashkil etgani haqida xabar bergan edi.