Navoiy viloyatida do'l yog'di! (+Foto)

Navoiy viloyati Xatirchi tumanining Langar qishlog’ida tinimsiz yomg’irdan so’ng do’l yog’di. Ayni damda esa Xatirchida kuchli momaqaldiroq chaqib, yomg’ir yog’moqda, jala quyib, sel kelish xavfini kuchaytirmoqda.

Eslatib o’tamiz, Xatirchining o’nlab qishloqlari aprel oyi mobaynida 2-3 marotaba seldan katta talafot ko’rgan. Shuning uchun, ushbu hududlar aholisi sel kelishidan xavfsirab hayot kechirmoqda.

O’zA