Bu qiziq

Nahotki! «Rossiya 1» telekanali Kerchdagi fojia oqibatida halok bo’lgan talaba qizdan intervyu oldi (video)

Комментариев нет

«Rossiya 1» telekanalidagi «60 daqiqa» ko’rsatuvi efirida Kerchdagi texnikumda yuz bergan fojia guvohlaridan biri Alina Kerova bilan aloqaga chiqishdi.

Keyinroq ma’lum bo’lishicha, Kerova texnikumda yuz bergan portlash oqibatida halok bo’lgan.

Ko’rsatuv boshlovchisi Olga Skabeeva o’zining Instagram’dagi sahifasida vaziyatga izoh berdi. Uning so’zlariga ko’ra o’sha kuni ko’rsatuv efiriga qo’ng’iroq qilgan qiz haqiqiy ismini oshkor etmaslik uchun o’zini Kerova deb tanishtirgan deb xabar bermoqda Daryo.uz nashri.

«Alina Kerova – Kerchdagi kollej talabasi esa baxtga qarshi halok bo’lgan. Ko’rsatuv efiriga qo’ng’iroq qilgan qiz esa o’zini uning ismi bilan tanishtirgan», — deb yozadi Skabeeva.

«60 daqiqa» ko’rsatuvi boshlivchisining fikricha, ko’rsatuvga qong’iroq qilgan qiz qo’rquv va shok holatidan o’z ismini oshkor qilmagan bo’lishi mumkin. U shuningdek, hozirda ko’rsatuv ijodkorlari qizning telefon raqami va haqiqiy ismini aniqlagani hamda ularda «Soxta Kerova» bilan barcha yozishmalar mavjud ekanligini ta’kidlagan.

Jurnalistning aytishicha, ko’rsatuv efirga uzatilgan paytda Kerchdagi fojia qurbonlari ro’yxatida Kerovaning familiyasi bo’lmagan.

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «NEGA USMONIYLAR SULTONLARI YoNIChARLARDAN QO’RQQAN?»
G’aroyib hodisalar izidan: “QURBONLIKKA TORTILGAN QAQAJON QIZ” (yoxud «Muz qizi» Xuanita)
Меню