Illumination studiyasi «Minonlar: Gryuvitatsiya» multfilmining yangi treylerini namoyish etdi. Kartina relizi 2022 yilning 1 iyulida bo’lib o’tadi.
Rolikda minonlar ustoz Choudan kung-fu o’rganish uchun samolyotda San-Fransiskoga uchadi.
Multfilm voqealari 1970 yillarda sodir bo’ladi. Syujetga ko’ra, superqahramon bo’lish orzusidagi 12 yoshli Gryu «Badjahl oltilik» tashkilotiga a’zo bo’ladi. Buning uchun u minonlarini yordamga chaqiradi.
Film rejissyori «Minonlar» franshizasi ustida ishlagan Kayl Bald ava Bred Ebleson. Gryuga yana Stiv Kerell ovoz bergan.
Multfilm premyerasi bir necha bor ko’chirilgan. Avvaliga u 2020 yilning 3 iyunida prokatga chiqishi kerak edi, biroq pandemiya sabab reliz 2021 yil iyulga qoldirilgandi.
Izohlarni ko`rish