Milliarderlarning rafiqalari qanday ko'rinishga ega? (+foto) 1

Milliarderlarning rafiqalari qanday ko’rinishga ega? (+foto)

Aksariyat insonlar, jumladan milliarderning rafiqalarini faqatgina hashamatli hayot haqida o’ylaydigan, kameralar qarshisida suratga tushishni xush ko’radigan, erlarining bitmas-tuganmas boyliklari og’ushida yashaydigan ayollar sifatida tasavvur qilamiz. Aslida esa dunyoning eng boy insonlari deya e’tirof etiladigan erkaklarning rafiqalari haqida unchalik ko’p narsa ma’lum emas.

Astrid Menks

Turmush o’rtog’i: Uorren Baffet, investor

Boyligi: 84 milliard dollar

88 yoshli Uorren Baffet investitsiyalar bilan yoshlik paytlaridan beri shug’ullanadi. U o’zining birinchi rafiqasiga Syuzan Baffetga 1952 yilda uylangan. Ammo turmushi omadli bo’lmagach, 1970 yillarda Astrid ismli qiz bilan oila quradi. Eng qizig’i, Uorren Baffet birinchi ayolini uning o’limiga qadar doim hurmat qilgan, Astrid Baffet ham erining sobiq rafiqasiga nisbatan juda yaxshi munosabatda bo’lgan.

Milliarderlarning rafiqalari qanday ko'rinishga ega? (+foto) 2

Melinda Geys

Turmush o’rtog’i: Bill Geys, tadbirkor

Boyligi: 90 milliard dollar

Dunyodagi eng boy insonlar ro’yxatida ikkinchi o’rinda turadigan Bill Geys rafiqasi Melinda Geys bilan bundan 25 yil avval turmush qurgan. Ularning uchrashuv tarixlari juda qiziq bo’lgan. Melinda Microsoft kompaniyasida multimedia mahsulotlari bilan anchadan beri ishlardi. Qiz korporatsiya rahbari bilan tanishgan paytlari yuqori lavozimlarning birini egallab ham bo’lgandi. Melinda Geys behad o’qimishli qiz bo’lgan, ammo oila qurgach, o’z hayotini eri va farzandlari uchun bag’ishlashga qaror qildi. 2000 yilga kelib eri bilan birgalikda Bill va Melinda Geys xayriya fondiga asos soldilar. Bu ayni paytda dunyodagi eng katta fond hisoblanadi.

Milliarderlarning rafiqalari qanday ko'rinishga ega? (+foto) 3

Prissilla Chan

Turmush o’rtog’i: Mark Sukerberg, CEO Facebook

Boyligi: 71 milliard dollar

Prissilla ikki farzandli bo’lsa ham haligacha eri va uning nufuziga mos emasligi haqidagi gaplarni eshitib keladi. Ammo ayol bunga hech qanday e’tibor qaratmaslik qaroriga kelib bo’lgan. Uning uchun muhimi – Markning muhabbati.

Mark bo’lg’usi rafiqasi bilan Garvard universitetida o’qib yurgan paytlari tanishgan. U Markning g’oyalariga qattiq ishongan birinchi insonlardan edi. Bugungi kunda juftlik ikki nafar farzandni voyaga yetkazish bilan birga xayriya masalalari bilan shug’ullanishadi.

Milliarderlarning rafiqalari qanday ko'rinishga ega? (+foto) 4

Dayana Teylor

Tanlagan yori: Maykl Blumberg,  Bloomberg agentligi asoschisi, Nyu-Yorkning sobiq meri

Boyligi: 50 milliard dollar

Dayana Teylor va Maykl Blumberg rasmiy ravishda oila qurmagan, ammo butun dunyo ularni eng mustahkam oilalardan biri deb biladi. Afsonaviy Bloomberg asoschisi Nyu-York shahriga mer etib tayinlanganda, Dayana Teylor ham siyosat ishlariga qiziqib qoldi. Ayni paytda ushbu juftlik biznes va siyosat bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari xayriya ishlarini ham e’tiborsiz qoldirmaydilar.

Milliarderlarning rafiqalari qanday ko'rinishga ega? (+foto) 5

Lyusinda Sausvort

Turmush o’rtog’i: Larri Peydj, Google asoschisi

Boyligi: 48,8 milliard dollar

Larri Peydj rafiqasi juda ham qiziq ayol: OAV unga qanchalik qiziqmasin, o’zi haqida hech kimga hech narsa aytmaydi. Juftlik 2006 yilda tanishgan bo’lsa, oradan bir yil o’tib turmush qurganlar. Aytishlaricha, Lyusinda namunali oila farzandi va o’zi ham ta’lim sohasidagi yutuqlari bilan tillarga tushgan. U biologik tahlillar va tadqiqotlar bilan shug’ullanadi. Er-xotinning ishi haddan tashqari ko’p va qiziqishlar ham yetarlicha bo’lsa-da oilaga vaqt ajratish uchun doim imkon topishadi.

Milliarderlarning rafiqalari qanday ko'rinishga ega? (+foto) 6

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *