Animaccord studiyasi Rossiyaning «Masha va Maymoq» multseriali YouTube servisida 100 milliard martadan ortiq tomosha qilindi, deb xabar beradi «Film.ru». Shu bilan birga, uning auditoriyasi kun sayin ortib bormoqda.

«Masha va Maymoq» multseriali YouTobe da jami 100 mlrd martadan ortiq tomosha qilindi
«YouTobe dagi «Masha va Maymoq» kanali 10 yil davomida Rossiya va xorijda ulkan muvaffaqiyatga erishib, uzluksiz o’sib bordi. 100 milliard marta tomosha qilinish bilan birga, multfilmning beshta kanali — ingliz, ispan, rus, portugal va ukrain tilidagi — YouTube’ning brilliant «tugmasi»ga (Diamond Creator Awards) ega bo’ldi», — deyiladi studiya matbuot xizmatining xabarida.

2019 yilda «Masha plyus kasha» epizodi servisdagi eng mashhur animatsion video sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi — 4,4 milliard marta tomosha qilingan. 2020 yil oxirida multfilmning ingliz tilidagi kanali obunachilari soni 28 million kishidan oshgan.

«Masha va Maymoq» multseriali 39 tilga tarjima qilingan va dunyoning 150 mamlakatida translyatsiya qilinadi. «Masha va Maymoq», shuningdek, «Gubka Bob» va «Cho’chqacha Peppe» bilan eng talabgir multseriallar beshligiga kiradi.