Kiyevda istiqomat qiluvchi fuqaro iPhone 12 olish uchun yuziga mahalliy elektronika do’koni iLounge logotipi tushirilgan tatuirovkani chizdirdi, deb xabar beradi Esquire.

Yangi do’kon ochilishi munosabati bilan 18 yoshdan oshgan istalgan fuqaroga iLounge logotipi tushirilgan tatuirovkani chizdirish va buning uchun sovg’ani qo’lga kiritish imkoniyati taqdim etilgan. Aksiyada jami to’qqiz kishi ishtirok etgan. E’lon qilingan suratga ko’ra, ular tatuirovkalarni qo’l va oyoqlariga chizdirgan.

Vadim Porodko yuziga logotip chizdirgan yagona talabgorga aylandi. Buning uchun u iPhone 12 va bir umrlik VIP-mijoz maqomiga ega bo’lgan, shuningdek, do’konning yuziga aylangan.