Bu qiziq

Kanadalik ayol xotirasini yo’qotib, o’z eriga ikkinchi bor turmushga chiqdi (VIDEO)

Комментариев нет

2017 yilda, to’ydan to’qqiz oy o’tgach, 23 yoshli Lauraning boshiga ustun tushib ketgan. Oqibatda ayol bosh miyasidan jarohat olib, xotirasidan ayrilgan.

Ayol oila qurganini unutib qo’ygan. Uning eri Breyden esa juda qattiq qayg’urib, ayolni oldida o’zini begonadek his qilgan. «Qanday qilib kulganlarimiz va vaqtni maroqli o’tkazganimizni unutish, mening kimligimni hatto bilmasligi haqida o’ylash juda og’ir edi. Men xayrli kun tilasam yoki sevishimni aytsam ham, u qo’rqib ketardi», — deydi erkak.

Laura ham o’zini tuzoqqa tushgandek his qilgan. «O’zimni xuddi tanlovdan mahrum qilingandek his qilardim», — deydi u. Jarohatdan keyingi dastlabki ikki yil davomida juftlik birgalikda, biroq oldingi darajadagidek romantika va bog’liqliksiz yashagan. Ular xuddi qo’shnilardek kun kechirgan.

Biroq erkak Lauraga o’zining turmush o’rtog’i ekanligini eslatish borasidagi urinishlarini to’xtatmagan. U muntazam ravishda ishqiy maktublarni yo’llashni davom etgan va bu yordam bergan. «Breydenning oldiga borib, tanimagan odamim bilan nikohda bo’la olmasligimni, ammo uni yaqindan bilishni xohlashimni aytdim. Shu sababli uni uchrashuvga taklif etdim », — deydi Laura.

19 avgust kuni Breyden Lauraga yana bir bor oila qurish taklifini bildirgan. «Ikkimiz ham turmush qurishimiz kerakligini bilardik», — deydi ayol.

Avvalroq Buyuk Britaniya fuqarosi komadan chiqib 20 yillik hayotini unutib qo’ygani to’g’risida xabar berilgandi. U o’z yaqinlarini o’g’rilar deb hisoblagan va shifokorlarni hozir 1998 yil ekanligiga ishontirishga uringan.

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Savolni yaxshilab eshiting va javobini toping! (video)
2021 yilning asosiy ranglari e’lon qilindi
Меню