Please log in or register to like posts.
News

Musamuhamedov Rizamat ota dunyoga mashhur o’zbek uzumchiligi mirishkori. 2 marta Mehnat Qahramoni, Davlat Mukofotlari laureati, O’zbekiston fanlar akademiyasining faxriy akademigi, Respublikada xizmat ko’rsatgan agronom va uzumchi. 19-asr oxirida Toshkent viloyatidagi «Degress» uzumchilik xo’jaligida ish boshlagan. O’sha paytdagi mashhur olimlar bo’lgan I.Strelsov va R. Shrederlar shogirdi hisoblangan.

1914-22 yillarda Rizamat ota maxsus «Kensay» uzumchilik xo’jaligida oddiy xodimdan bosh mutaxassislikkacha bo’lgan lavozimlarda ishlaydi. 1950 yildan keyin O’zbekiston qishloq xo’jaligi vazirligida uzumchilik yo’nalishida bosh agronom bo’lib ishlash davomida uzumning yangi ekish usullari va bog’ yaratish sxemalarini ishlab chiqib, Yevropa va Markaziy Osiyoda 3600dan ortiq uzum bog’lari yaratgan. Rizamat ota faoliyati davomida 10 dan ortiq uzum navlari seleksiya qilgan.

KAMYoB VIDEO: O'ZBEK UZUMChILIGINING OTASI MUSAMUHAMEDOV RIZAMAT OTA HAQIDA SURATGA OLINGAN TELEVIZION FILM
loading…

Reactions

0
0
0
0
0
0
Already reacted for this post.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *