Film parodiyasi amerikalik bloger tomonidan tashkillashtirilgan.
Yilning eng muvaffaqqiyatli seriallaridan biri «Kalmar o’yini»ga ishlangan parodiya YouTube ijtimoiy tarmog’ida serialning «Netflix»dagi qismlaridan ancha ko’p ko’rildi.

Amerikalik bloger Jeyms Donaldson «Kalmar o’yini» serialini parodiya talqinini tashkillashtirgan va u o’yin uchun 3,5 milliard dollar sarflagan edi. O’yinda bir-biriga begona bo’lgan 456 nafar ishtirokchi qatnashgan va g’olibga 45,6 milliard von (39,122,800 dollar) o’rniga 456 ming dollar mukofot puli berilgan. Bundan tashqari o’yinda yutqizgan ishtirkchilarga ham ma’lum miqdorda mukofot berilgan.

O’yinning serialdan farqi u hech qaysi inson hayotiga zarar yetkazmagan. Serialning parodiya talqini uning YouTubedagi shaxsiy sahifasiga joylangan. U bir haftada 140 millonga yaqin ko’rilgan va «Kalmar o’yini»ning «Netflix»da oktyabr oyidagi ko’rishlar sonidan ko’p natijani qayd etgan. Boisi serial oktyabr oyida 111 millionga yaqin ko’rilgan.