Bu qiziq

Jek Ma ommaga ko’rinish berganidan so’ng uning boyligi 1,4 mlrd dollarga oshdi

Комментариев нет

Alibaba asoschisi Jek Maning boyligi miqdori 1,4 mlrd dollarga ko’paydi va endilikda Forbes Real-Time ma’lumotlariga ko’ra, 62 mlrd dollar deb baholanmoqda.

Avvalroq milliarder oktyabr oyidan buyon ilk marta omma oldida ko’rinish bergandi. Internetda joylashtirilgan videoda Ma xitoylik o’qituvchilarni va ta’lim tizimini qo’llab-quvvatlashga chaqirgan. Jek Ma xayriya fondi vakilining aniqlik kiritishicha, biznesmen Xitoy qishloqlaridagi o’qituvchilarni qo’llab-quvvatlash dasturi doirasidagi «onlayn-marosim»da ishtirok etgan.

Bloomberg agentligining qayd etishicha, Maning videokonferensiyadagi qisqagina chiqishi investorlarning «engil nafas olishi uchun yetarli bo’ldi»: Alibaba Group’ning bozor qiymati 58 mlrd dollarga oshdi.

Jek Mani oxirgi marta 24 oktyabrda ko’rishgandi. U o’sha kuni Shanhaydagi konferensiyada xalqaro moliyaviy regulyatorlar qoidalari eskirganini aytgan va Xitoy banklarini tanqid qilib, ular «lombardcha mentalitet»ga egaligini bildirgandi. Bu unga qimmatga tushdi. 5 noyabr kuni nazorat paketi Maga tegishli bo’lgan Ant Group Shanhay va Hongkong birjalarida IPO’ni amalga oshirishi kerak edi.

Biroq birjaga chiqishdan ikki kun oldin Ant Group IPO’si qoldirildi. Xabarlarga ko’ra, bu boradagi qarorni shaxsan XXR hukumati raisi Si Szinpin qabul qilgan.

Dekabrda Xitoy regulyatorlari Ant Group’ni shaffof raqobat prinsiplarini va iste’molchilar huquqlarini buzishda aybladi. 24 dekabrda esa Alibaba ustidan tekshiruv boshlangani ma’lum qilindi.

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Ana xolos! Jahongir Otajonov navbatdagi prezidentlik saylovlarida o’zining nomzodini qo’yishini ma’lum qildi (video)
AQShda dunyodagi eng yupqa mato yaratildi
Меню