Please log in or register to like posts.
News

Qozog’istonning Qirg’iziston bilan chegaradagi Merke tumanida qor yog’ayotganini mahalliy fuqarolardan biri videoga qayd qilgan. Biroq ba’zi foydalanuvchilar videoni ko’rib, Qozog’istonda yozda bunday kuchli qor yog’ishi mumkinligiga shubha bildirishgan. Biroq ushbu ma’lumot Qozog’iston ichki ishlar vazirligining favqulodda vaziyatlar qo’mitasi matbuot xizmatida tasdiqlangan, deb yozmoqda «Kun.uz».

Ta’kidlanishicha, 2000 metr balandlikda bu oddiy holat hisoblanadi. Qo’mitada ma’lum qilinishicha, ertalabgacha barcha qor erib ketgan.


Shuningdek, Qirg’izistonning O’sh oblasti Oloy tumanidagi Sari-Tosh qishlog’ida ham kuchli qor yog’ib, qor qalinligi 22 sm.ga yetgan. Bu haqda respublikaning favqulodda vaziyatlar vazirligida ma’lum qilingan. Shuningdek, tumanning boshqa qishloqlarida ham qor yog’ishi kuzatilgan.

Ta’kidlanishicha, Sari-Toshda 28 iyunga o’tar kechasi yomg’ir boshlanib, u tezda qorga aylangan. Yog’ingarchilik soat 12:35gacha davom etib, qor qalinligi 22 sm.gacha yetgan.

Shu sababli Qirg’iziston favqulodda vaziyatlar vaziri Zamirbek Askarov tezkor yig’ilish o’tkazib, mahalliy idoralarga yog’ingarchilik oqibatlariga tezkorlik bilan javob berish vazifasini yuklagan.

loading…

Reactions

0
0
0
0
0
0
Already reacted for this post.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *