Istanbulning g'ayrioddiy tajribalari “yangi urf” nomli reklama roliklarida namoyish etilmoqda

Dunyoning eng ko’zga ko’ringan sayohat maskanlaridan biri bo’lgan Istanbul o’zining g’ayrioddiy san’at va madaniyati, gastronomiyasi va xarid qilish tajribasini uchta reklama roligida namoyish etadi. “Istanbuldagi ta’m – yangi urf”, “Istanbulda xarid qilish – yangi urf” va “Istanbuldagi san’at – yangi urf” mavzularida shaharning ko’zga ko’ringan tomonlariga diqqat qaratilgan. Ushbu 24 soat davomida gavjumligi va energiyasini yo’qotmaydigan shaharning ko’p qirrali ekanini ta’kidlab, videolar barcha yoshdagilar va farqli didlarga murojaat qiladi.

2021 yil Istanbulda turli yetakchi nashrlar tomonidan o’tkazilgan so’rovnomada dunyoning eng yaxshi shaharlaridan biri deb topildi. Aslida, Istanbul xalqaro ommaviy axborot vositalarida chop etilgan so’rovlar va “eng zo’r shaharlar” ro’yxatida doimiy ravishda yuqori o’rinlarda turadi. Poytaxtdagi san’at, oshxona va xaridlarga qaratilgan uchta yangi reklama roligida Istanbul yanada kengroq auditoriyaga tanishtiriladi.

“Istanbuldagi ta’m – yangi urf”, “Istanbulda xarid qilish – yangi urf” va “Istanbuldagi san’at – yangi urf” deb nomlangan reklama roliklarida bu jonli va rang-barang shaharni turli xil taassurotlarni taqdim etuvchi mashhur manzil sifatida ko’rsatiladi. Reklamalar 178 mamlakatda televideniya va ommaviy axborot vositalarida namoyish etiladi.

“Istanbuldagi san’at – yangi urf”: boy tarix, ko’plab san’at va madaniyat tadbirlari

Deyarli har bir tumanida tashrif buyuruvchilarga turli xil sarguzashtlarni taqdim etuvchi Istanbul tarixiy inshootlar xazinasi – shaharning qadimiy o’tmishidan qolgan meros va tobora kengayib borayotgan san’at va madaniyat sahnasidir. “Istanbuldagi san’at-yangi urf” asari “Dunyoning sakkizinchi mo»jizasi” deb hisoblangan Ayasofiyaga ishora qilib, shaharning betakror tarixiga bag’ishlangan. Film, shuningdek, zamonaviy san’at muzeylari bilan birga o’tgan yili yangilangan holda qayta ochilgan Otaturk madaniyat markaziga ham e’tibor qaratadi. Bundan tashqari, «Uxlamaydigan shahar» zamonaviy Istanbul san’at ko’rgazmasi va Bey og’lu Madaniyat Yo’nalishi festivali kabi yil davomida keng qamrovli san’at va madaniyat tadbirlari taqvimiga ega.

Istanbuldagi lazzat-yangi urf: har bir ko’chada turli xil lazzatlar

Istanbul taomlari doimo yuqori baholangan. Ushbu shaharni shakllantirgan ko’plab sivilizatsiyalar ta’sirida Istanbul oshxonasi shaharni kashf qilish uchun ajoyib sababdir. “Istanbuldagi ta’m – yangi urf” Evropa va Osiyo chorrahasida joylashgan ushbu shaharning turli gastronomik an’analariga e’tibor qaratadi. Film restoranlarda va mashhur kafelarda, ba’zilari kechki ovqatda, Bosfor bo’g’oziga qaragan restoranlarda mazali taomlar tasvirida taqdim etiladi. Filmda turk qahvasi va lokum shirinligi bilan birga dunyoga mashhur baklava va gullach kabi shirinliklar ham yoritilgan. Ko’fte, kabob va do’ner kabi mazali taomlar, ko’chadagi simit sotuvchilari, mashhur turk nonlari shular jumlasidandir. Shaharning son-sanoqsiz ajoyib taomlari va xalqaro oshxonalari ham taqdim etilgan bo’lib, Istanbul unutilmas oshpazlik tajribasini va’da qilishiga shubha yo’q.

Istanbulda xarid qilish – yangi urf: Global savdo markazi Istanbul

Turkiyaning eng yirik va rivojlangan shahri bo’lgan Istanbul, tarixiy bozorlardan tortib do’konlargacha bo’lgan keng xarid imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Dunyodagi eng qadimiy yopiq savdo markazlaridan biri bo’lgan Grand Bazaar esa, tashrif buyuruvchilarga haqiqiy xotiralarni uyga olib kelish imkoniyatini taqdim etadi: qo’lda to’qilgan gilamlar, qo’lda bo’yalgan keramik idishlar, an’anaviy choy to’plamlari va boshqa qiziqarli suvenirlar, Turkiyaning iste’dodli dizaynerlari tomonidan ochilgan butiklar garderoblaringizga o’ziga xos buyumlar qo’shishga taklif qiladilar. Bundan tashqari, shahar bo’ylab keng ko’lamli savdo va ko’ngilochar majmualar mavjud.

Bu reklama roliklari sizga qisqa vaqt davomida Turkiya virtual sayohatiga chorlabgina qolmay, sizni o’sha mo»jizakor shaharni sayohat qilishga undaydi.