Islandiya dunyodagi eng kam aholi yashaydigan davlatlardan biridir. Va uning hududining 10% dan ortig’i muzliklar bilan qoplangan.

Reykyavikda hamma bir-birini taniganligi sababli, uylarning eshiklari ko’pincha qulfsiz qoldiriladi, mashinalarning kalitlari mashinalarga tashlanadi, aravachalardagi bolalar kafe, bar yoki do’konga kiraverishda qarovsiz qoladilar.

Islandiyada qish biz o’ylagandek sovuq emas, bu yerda harorat o’rtacha -8 …- 10 darajada.

Islandiyada eng mashhur mutaxassisliklar – baliqchilik yoki dizaynerlik.

Islandiyada McDonalds restoranlari yo’q, ohirgisi 2008- yilda inqiroz paytida yopilgan.

Islandiyada eng mashhur ismlar erkak – Yon va ayol – Guvrun.

Yer yuzidagi eng uzoq umr ko’rgan jonzot Islandiya qirg’og’ida topildi. Bu mollyuska bo’lib chiqdi. Olimlar uning qobig’idagi halqalar sonini hisoblab, bu maxluq 405-410 yoshda ekanligini aniqladilar.