INTERNETDAN FOYDALANIShNI BILADIGAN MAYMUN… (VIDEO) 1

INTERNETDAN FOYDALANIShNI BILADIGAN MAYMUN… (VIDEO)

Yaqinda internet saytlarida smartfondagi «Instagram» sahifasini maroq bilan varaqlagancha tomosha qilayotgan maymun haqida rolik e’lon qilindi. Rolik juda qisqa fursatda bir milliondan ziyod tomoshabin to’pladi.

Rolikka sinchliklab e’tibor bersangiz, maymun smartfonni qo’lida tutgancha o’ziga qattiq ishongan holda «Instagram»dagi o’ziga yoqadigan surat va videolavhalarni tomosha qilayotganiga guvoh bo’lasiz. Ko’pchilik maymunlar shunisi bilan odamsifatlar oilasiga to’laqonli mansub ekanini aytib o’tdi. Ayrimlar esa agar ahvol shunday davom etsa, bir kun kelib maymunlar odamlardan hudud talab qilishi, shu maqsadda biz yerliklarga qarshi urush e’lon qilishi mumkinligini ham ta’kidlashdi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *