Please log in or register to like posts.
News

Braziliyalik ayol va germaniyalik erkak internetda virtual muloqot qilganiga 20 kun bo’lganidan keyin videotranslyatsiya orqali nikohdan o’tdi. Bunga koronavirus pandemiyasi sabab juftlikning yuzma-yuz uchrasha olmagani sabab bo’lgan.

Ta’kidlanishicha, Rireyrau Pretuda yashaydigan 39 yashar braziliyalik Sintiya Araujo va 45 yashar germaniyalik Timo Arnshtadni tanishishiga ularning ruhoniy do’sti sababchi bo’lgan. Juftlik ijtimoiy tarmoqda gaplashish davomida o’xshash jihatlari ko’p ekanini payqagan. Ular birinchi kunning o’zida, bir-birini hali yaxshi tanib ulgurmaganiga qaramay ikki soat suhbat qurgan.

Erkak va ayol gaplashishda davom etgan hamda turmush qurib bir uyda birga yashashlari qanday bo’lishini bilish uchun 24 soat kamerani yoniq qoldirgan.

Tanishganlariga 1 oy bo’lib ulgurmasdan Timo video orqali Sintinining qo’lini so’ragan, ayol esa rozilik bergan. Ammo mavjud pandemiya sabab juftlik ko’risha olmagan va masofadan turib nikohdan o’tishiga to’g’ri kelgan. Videoqo’ng’iroq orqali tashkil qilingan marosimni kelin va kuyovning qarindoshlari tomosha qilgan.

Kuyovning so’zlariga qaraganda, kelinni ko’rmasdan turib uylana olgani haqida xabar topgan do’stlari Timonni aqldan ozgan deb hisoblagan. Ammo uning fikricha, Sintiya haqida bilganlari: munosabati, fe’l-atvori va go’zalligi u uchun kifoya. Virtual to’ydan to’rt kun o’tgach, kelin-kuyov Braziliyaning San-Paulu aeroportida uchrashgan va bir-biriga nikoh uzugini taqqan.

Manba: daryo.uz

Internet orqali tanishgan germaniyalik yigit va braziliyalik qiz hayotda bir-birini ko'rmay turmush qurdi. To'y karantin tufayli onlayn o'tkazildi
loading…

Reactions

0
0
0
0
0
0
Already reacted for this post.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *