Hordiq.uz sayti o’zbek ijtimoiy media kengliklarida va instagramda o’zlarining foydali va hayotiy tajribalari bilan o’rtoqlashib boradigan yurtdoshlarimiz haqida ma’lumot berib borishda davom etadi.
Bu safargi nishonimiz 7 nafar o’zbekistonlik kreativlardir.
Ulug’bek Ismatov | @ulugbek_creative
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Ulug’bek Ismatov “BeCreative Media” asoschisi, @mpmg.uz ijodiy guruhi rahbari, bloger va shoumendir. U o’z kuzatuvchilariga mediaolamdagi va umuman zamonaviy texnologiyalar haqida ma’lumotlar, motivatsion fikrlar, kunlik qilgan ishlari va rejalari haqida qiziqarli ma’lumotlar, hayotiy saboqlarini berib boradi.
Mavzuga doir: Instagramda kuzatishingiz uchun qiziqarli bo’lgan 16 o’zbekistonlik blogerlar
Anvarbek Suvonqulov | @suvonkulove
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Anvarbek Suvonqulov rejissyor, ssenariynavisdir. U o’zbek mediaolamiga o’tkir syujetli qisqa video lavhalari bilan kirib kelmoqda. Asosan motivatsion, odamni o’ylashga undaydigan videolar tayyorlaydi. O’z instagram sahifasida syomka jarayonlari haqida qiziqarli postlar qo’yib boradi. Uning “Chegarasiz” deb nomlangan davomli videolavhalari O’zbekistonda ko’p e’tirof etilmoqda.
Jaloliddin Mirzayev | @jaloliddinjm
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Jaloliddin «Mening yurtim» kanali boshlovchisi va @hashtaguz texnoblogi muallifidir. U instagram sahifasida doimo kreativ g’oyalar, pozitiv fikrlar, sayohatlari, shaxsiy hayotidagi yangiliklari, motivatsion fikrlarini berib boradi. U tinib-tinchimasligi bilan ko’plarga o’rnak bo’ladi. Shuning uchun uni kuzatish qiziqarli.
Mirshohid Ismatov | @mirshohidismatov
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Mirshohid juda yosh bo’lishiga qaramasdan haqiqiy kreativ va mehnatkashligi bilan ko’pgina tengqurlariga o’rnak bo’ladi. U «YouTube» sir-asrorlarini suv qilib ichib yuborgan. Uning «YouTube»da o’zining blogi ham bor. O’zbek mediaolamida sifatli mediaresurslar taqdim etayotgan sanoqli texnoblogerlardan biri. O’z sahifasida u ishdagi hayoti haqida, qilinayotgan loyihalari haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etib boradi.
Askarova Barno | @linguabarno
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Barno juda shijoatli va kreativ qiz! Ingliz tilini o’rgatish bo’yicha kerakli mediaresurslar tayyorlaydigan yosh qizlarimizdan biri. Samimiyligi va latofatliligi bilan ham alohida ajralib turadi. Ingliz tilini o’rganuvchilar uchun yaxshi kontent tayyorlaydi.
Ali Xolmatjonov | @alikhouz
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Ali grafik dizayner va videomutaxassis. Uning ishlari tahsinga sazovor.