Homilador ayolning hali tug’ilmagan egizaklari allaqachon bir-biri bilan ona qornidayoq mushtlashishga tushib ketibdi… (VIDEO)

 

Xitoydagi Inchuan okrugi tug’ruqxonasi vrachlari homilador ayolni ultratovushli tibbiy ko’rikdan o’tkazayotib, ajoyib va hayratlanarli manzaraga guvoh bo’lishdi. Ayol qiz egizaklar kutayotgan ekan. Videoyozuvda esa hali dunyoga kelmay turib ikki egizak qizlar bir-biri bilan mushtlashishni boshlab yuborgani tasvirlangandi. Vaholanki, bu videomontaj ham emas, rosmana UZI uskunasi orqali namoyish etilgan.

Egizak qizlarning ota-onasi bu manzarani ko’rgach, xavotirga tushib qolishgandi. Lekin mutaxassislar ularni tinchlantirishdi. Bu mushtlashuvning go’daklarga ziyoni yo’qligini ta’kidlashdi. Haqiqatan, shu ayol o’tgan haftada ikki sog’lom egizak qizchalarni dunyoga keltirdi. Egizaklarning ota-onasi azbaroyi hayratga tushganidan videorolikni Internetga joylashtirishga qaror qilishdi.

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *