Bu qiziq

Hindistonlik kelin-kuyov suv ostida to’y qilishdi (video)

Комментариев нет

Hindistonlik kelin-kuyov to’ylarini 18 metr chuqurlikdagi suv ostida o’tkazishga qaror qilishdi.

Chennaylik juftlik Vi Chinnaduray va S. Sveta dushanba kuni ertalab Nilankaray sohillari yaqinida turmush qurishdi.

«To’y an’analarga muvofiq, faqat suv ostida o’tkazildi. Biz ertalabki xayrli vaqtda suvga sho’ng’idik, gulchambarlar almashdik va ruhoniyimizning ko’rsatmasiga binoan ertalab soat 7:30 gacha talini bog’ladik», — dedi kuyov Chinnaduray.

Svetaning aytishicha, to’ydan atigi bir oy oldin suvga sho’ng’ish mashg’ulotlariga qatnagan.

«Yonimizda sakkiz nafar g’avvos bo’lishiga qaramay, men ham, ota-onam ham rosa xavotirlandik. Bu nihoyatda hayajonli lahzalar edi», — deydi u.

upi.com

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Pavel Durov Dubayning valiahd shahzodasi Hamdan Ibn Muhammad Muhammad Maktum bilan uchrashdi
Mars sayyorasidan dastlabki video tasvir
Меню