Go’sht bo’lagi taxtakachda qimirlashi aks etgan video Twitter foydalanuvchilarini hayratga soldi.
Malaziyalik Yo!Artist nikli foydalanuvchi videoni tarmoqqa joylashtirdi. Ayolning yozishicha, uning onasi go’shtni pishirmoqchi bo’lgan edi, ammo u tomir urishni boshladi. Ayol qo’rqib ketdi va taom pishirish fikridan qaytdi.
Videoni ko’rgan ko’pchilik foydalanuvchilar chindan ham dahshatga tushganini tan oldi.
Boshqalar esa “bu yerda qo’rqinchli narsaning o’zi yo’q – yangi xom go’shtda nerv to’qimalari ma’lum vaqt davomida qimirlashda davom etadi”, – deb izoh yozishdi.
Videorolik 950 ming marta tomosha qilinib, 13 mingga yaqin izoh to’pladi.
sputniknews-uz.com
loading…