Erdo'g'on ilk milliy elektromobilni haydab ko'rdi

Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo’g’on Kojaelidagi poligonga tashrif buyurib, mamlakatning ilk elektromobilini sinovdan o’tkazdi.

Bu vaqt davomiga unga Turk avtomobili tashabbus guruhi (TOGG) boshqaruvi raisi Mehmet Gyurjan hamroh bo’lgan.

Erdo’g’on elektromobilni haydayotgani aks etgan videolavhani uning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari: twitter va telegram’da e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga ko’ra, mazkur suratdagi avtomobil 2023 yilning birinchi choragida bozorlarda paydo bo’ladi.