Bu qiziq

Eksklyuziv suhbat: O’zbekistonda Orol dengizini 7 yil ichida qayta tiklaydigan texnologiya ishlab chiqildi (video)

Комментариев нет

O’zbekistonda Orol dengizini tiklash uchun sun’iy yomg’ir yog’dirish texnologiyasi ishlab chiqildi.

Ishlab chiqilgan tizim bulutlarni generatsiya qilish va kimyoviy moddalarsiz sun’iy yomg’ir yog’dirish imkonini beradi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra, dengiz qayta tiklanishi uchun 5-7 yil kerak bo’ladi deb yozadi Kun.uz nashri.

«Biz 60-yillardagi suv miqdorini qaytaramiz, – dedi loyiha muallifi Olimjon Yusupov. – Dunyoda bunday texnologiyalar ko’p emas. Bizning texnologiyamiz ancha zamonaviy, ko’chma, barchasi o’zimizda tayyorlanadi. Tizim atmosferaga to’liq ta’sir qila oladi, eng asosiysi esa, Orolbo’yidagi muvozanatni tiklaydi».

Ana shunday bitta tajribaviy tizim tannarxi 800 mln so’m deb baholanmoqda, bu xorijiy muqobil texnologiyalardan bir necha baravar arzondir. Orolni tiklash uchun to’rtta ana shunday tizim kerak bo’ladi.

Eksklyuziv suhbat: O'zbekistonda Orol dengizini 7 yil ichida qayta tiklaydigan texnologiya ishlab chiqildi (video)

«Texnik nuqtai nazardan barchasi tayyor. 2019 yil apreldan tajribaviy tizimni ishga tushiramiz. U Mo’ynoq yaqinida joylashtiriladi. Sinov rejimida real ko’rsatkichlarni o’lchaymiz. Bizni qoniqtiradigan natijaga erishgach, tuprog’i namlikka muhtoj bo’lgan boshqa hududlar haqida bosh qotiramiz», dedi Yusupov.

Uning so’zlariga ko’ra, mazkur texnologiya ko’plab maqsadlarda qo’llanilishi mumkin. U nafaqat sun’iy bulut paydo qilish, balki iqlimni tuz, zararli metallardan tozalash imkonini beradi, havo namligini oshiradi. Aeroportlarda undan tumanni tarqatishda foydalanish mumkin.

«Meni yomg’irni boshqarish qiziqtirib qo’ydi. Bu orqali mikroiqlimni tiklashimiz oson bo’ladi. Hozir barchasini puxta hisob-kitob qilish va oldimizda turgan masalalarni hal qilish lozim. Zarur bo’lsa, olimlarni ham jalb etamiz», – dedi O’zbekiston prezidenti huzuridagi xalqaro Orolbo’yi innovatsiya markazi direktori Nurlibek Mirzamuratov.

Тас-иксда куриш:

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Xitoylik qiz suv to’la stakanni tili yordamida tutib tura olarkan…
QADIMGI AYoLLAR HAQIDAGI HAQIQATLAR…
Меню