Dunyoda faqat hushtakdan iborat til borligi haqida bilasizmi? (video)

Dunyoda faqat hushtakdan iborat til borligi haqida bilasizmi? (video)

Dunyo o’zining rang-barangligi bilan insoniyatni hamon lol qoldirib kelmoqda. Dunyo aholisining turmush-tarzi ham har doim odamlarni qiziqtirib kelgan. Ayniqsa, u odatiy hayotimizdan farq qilsa, ikki kara qiziqish uyog’otadi. Ana shu noodatiylik, ya’ni antiqa muloqot tiliga ega orolcha haqida filolog Eldar Asanov qiziq ma’lumotlar bilan bo’lishdi.

Tilning juda turfa ko’rinishlari mavjud. Masalan, Kanar arxipelagiga qarashli La Gomera orolida ispan tilining noodatiy shevalariga duch kelish mumkin. Misol uchun hududda antiqa bir sheva bor. Bu shevaning o’ziga xosligi shundaki, u faqat hushtakdan iborat. Aniqrog’i, ispan tili shevalaridan birining hushtak ko’rinishidagi varianti deyiladi.

Orol tog’lardan iborat, shu bois cho’ponlar o’zaro muloqot qilish uchun shu hushtak tilini o’ylab topgan. Hushtak oddiy tovushlarga nisbatan balandroq parda (chastota)ga ega, shu bois tog’lar oshib adresantga osonroq yetib boradi.

Dunyoda faqat hushtakdan iborat til borligi haqida bilasizmi? (video)

Bu tilni mahalliy aholi silbo gomero (gomero hushtagi) deb ataydi. Zamona o’zgarishi bilan bu cho’ponlar tiliga ehtiyoj ham kamayib boryapti, shu bois til unutilib bormoqda.

Bu tilni butunlay yo’qotmaslik uchun u mahalliy maktablarda bolalarga o’rgatilmoqda.

 


Dunyoda faqat hushtakdan iborat til borligi haqida bilasizmi? (video)
loading…

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *