Bilderberg guruhi

 

Taxminan 150 ishtirokchidan tashkil topgan, yilida bir marta, to’rt kun o’tkaziladigan norasmiy konferensiya. Guruhning aksariyatini siyosat, biznes va bank sohalaridagi nufuzli shaxslar, shuningdek G’arbning yetakchi ommaviy axborot vositalarining rahbarlari tashkil etadi. Konferensiyaga kirish faqat shaxsiy taklifnoma bilan amalga oshiriladi.

 

Klub a’zolari

 

Guruh faollari 383 kishini birlashtiradi, ulardan 128 nafari yoki uchdan bir qismini amerikaliklar, qolganlari yevropaliklar va osiyoliklar (yaponlar, koreyslar, singapurliklar). Britaniya ensiklopediyasiga ko’ra, “Konferensiya norasmiy, erkin muhitni yaratib beradi, unda milliy siyosat va xalqaro ishlarga ta’sir ko’rsatadiganlar bir-birlarini yaxshiroq bilishlari va o’zlariga majburiyatisiz umumiy masalalarni muhokama qilishlari mumkin. Har bir konferensiyadan so’ng norasmiy yig’ilish hisoboti tayyorlanadi, faqat o’tgan va hozirgi ishtirokchilarga tarqatiladi. Hisobotda ma’ruzachilar faqat o’z mamlakatlari tomonidan aniqlanadi. Xalqaro tashkiliy qo’mita odatda har yili turli xil vakillarni tanlaydi.

 

Guruh uchrashuvlari

 

Guruh yig’ilishlari maxsus taklifnomalar bilan o’tkaziladi, ular reklama qilinmaydi, chaqirilgan sanalari matbuotda e’lon qilinmaydi. Uchrashuvlarni tashkillashtirish va ishtirokchilarning xavfsizligini Bilderberg to’plangan mamlakat ta’minlaydi. Birinchi uchrashuv 1954-yil may oyida Gollandiyaning Osterbek shahridagi Bilderberg mehmonxonasida o’tkazilgan va shu joy nomi bilan atala boshlangan. Guruhni mashhur neft magnati yahudiy Jon Rokfellerning nabirasi bankir, Devid Rokfeller tuzgan. Bilderberg guruhining har qanday uchrashuvi to’liq sir tutiladi shunga qaramay, dunyo hamjamiyati uchun bu katta qiziqish uyg’otadi. Prezidentlar, qirollar, knyazlar, kanslerlar, bosh vazirlar, elchilar, bankirlar, yirik korporatsiyalar rahbarlari bo’lgan bir qancha taniqli odamlarning bir joyga kelganini yashirish mumkin emas albatta. Bundan tashqari, ularning har biri kotiblar, oshpazlar, ofitsiantlar, telefon operatorlari va qo’riqchilar bilan birga keladi. Xususan dunyoga mashhur yahudiy oilalar Baruxlar, Rokfellerlar, Rotshildlar, Morganlar, Dyupon, Vindzorlar, Leblar, Kunlar va boshqalar a’zolik daftariga yozilgan. Bilderberg klubining shtab-kvartirasi Nyu-Yorkda, Karnegi fondining binosida joylashgan. Shunga qaramay, keng jamoatchilik, klubning so’nggi yig’ilishi tugagandan keyingina xabardor bo’ladi. Chet elliklar uchrashuvlarga kiritilmaydi, matbuot yo’q. O’tkazilgan yig’ilishlar, muhokama qilingan masalalar va qabul qilingan qarorlar to’g’risidagi hisobotlar e’lon qilinmaydi. Guruh yig’ilishlarida video va audio yozuvlar taqiqlanadi. Ushbu yig’ilishlarda matbuot bayonotlarini berish yoki munozaralar mazmunini oshkor qilish taqiqlanadi. So’ngi uchrashuv 2018-yil 7-10-iyun kunlari Italiyaning Turin shahridagi «NH Torino Lingotto Congress» mehmonxonasida o’tkazilgan.

 

P.S.: Dunyo siyosatiga ta’sir etuvchi shunaqa guruhlar bor, tafakkur qiling.

 

Manba: @Tafakkur3