Rossiyadagi liberal demokratlar partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiyni tanimaydigan odam bo’lmasa kerak. Lekin uni nafaqat partiya yetakchisi, kuchli siyosatchi, balki katta janjalkash sifatida tanishadi. Buning sababini ham barcha biladi. U ko’pincha emotsiyani jilovlashga ojiz qoladi. Shuning natijasida o’ylamasdan kimlarnidir haqorat qilib qo’yadi, yoki noo’rin gaplarni gapirib yuboradi.

Ammo hozir gap siyosatchining bu jihatlari haqida ketmaydi. Jirinovskiy turk tilida bu qadar erkin so’zlashini bilmaydiganlar uchun uning Turkiya televideniesi muxbiriga bergan intervsini e’tiboringizga havola etishni lozim topdik. Shubhasiz, intervyu to’liq turk tilida berilgan.

youtube. com

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t. me/olimjonhayit