Avstraliyada topilgan qo’chqordan fermerlar 35 kg jun oldilar. Yovvoyi hayvon Viktoriya shtatidagi o’rmonda topilgan: bu voqea, ehtimol qo’zichoq podadan adashganligi bilan boshlangan. Taxminan besh yil davomida, hech kim ko’zichoqning junini kesmagan. Qo’chqor ozib ketgan, qalin jun esa uning harakatlanishiga va ko’rishiga to’sqinlik qilgan. Hozirda qo’yning juni kesilib, oziqlantirilmoqda.