Bu qiziq

Chexiyada ikkita turli hayvonot bog’idagi shimpanzelar zerikmasligi uchun ularga videoaloqa o’rnatib berildi

Комментариев нет

Chexiyadagi ikkita hayvonot bog’i tashrif buyuruvchilar yo’qligida o’z shimpanzelari zerikmasligi uchun ularga videoaloqa o’rnatib berdi, deb yozadi Esquire.

Koronavirus pandemiyasi sabab Chexiyadagi ko’ngilochar maskanlar dekabr oyidan buyon mehmonlar uchun yopiq. Hayvonlar o’zini yolg’iz his qilmasligi uchun bir-biridan 150 kilometr uzoqlikda joylashgan ikkita hayvonot bog’i onlayn uchrashuv tashkil etishga qaror qilgan.

Shimpanzelar bir-birini eshitmaydi va faqat katta ekrandagi translyatsiyani tomosha qiladi. avvaliga maymunlar biroz qo’rqib, ekranga tahdid qilib yaqinlashgan, ammo hozirda ular tasvirga qiziqish bildirmoqda.

«Ular ‘Men kinodaman’ yoki ‘Men televizor ko’ryapman’ rejimiga o’tdi. Agarda ular qandaydir keskin vaziyatga duch kelsa, sakray boshlaydi, xuddi biz to’g’ridan-to’g’ri efirda sport musobaqalarini kuzatganimizdagi kabi», — deydi hayvonot bog’laridan birining xodimi.

Uning so’zlariga ko’ra, shimpanze ekranda sodir bo’layotgan voqeani tomosha qilish vaqtida hatto odamlarga o’xshab biror nima yeb o’tirishni ham o’rganib olgan — odatda, ular yong’oq iste’mol qiladi.

Bu kabi videokonferensiya ikkita hayvonot bog’i o’rtasida ertalabdan kechga qadar davom etadi. Agarda xodimlar bu kabi amaliyot shimpanzelarga rostan ham yordam beradi deb hisoblasa, keyinchalik ham davom ettirilishi mumkin.

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Samarqand nonlari Nyu-Yorkda (+video)
Malika Diananing xati 30 ming dollarga baholandi
Меню