Bemorlikni chaqiruvchi so'zlar

Nemis psixoterapevti( kelib chiqishi Eronlik bo’lgan) Nusrat Pezeshkian birinchilardan bo’lib, aynan qanday so’zlar insonda kasallikni keltirib chiqarishini isbotlab bergan.

Insonning o’z ichki ruhiy axvolidan kelib chiqib aytadigan so’zlari o’zining salomatligiga singib borar ekan. Inson fiziologik organlari ishiga bevosita ta’sir qiluvchi so’zlar-organik nutq ham deb ataladi. Qanchalik baquvvat bo’lmang, o’zingizga aytilgan quyidagi so’zlar salomatligingizga putur yetkazadi.

Ba’zi paytlarda ma’lum qiyinchiliklar ichiga kirib borib, g’azab, jaxl, nafrat bilan aytgan so’zlarimiz organlarimizga buyruq, komanda berish ko’rinishida bajarib,  ma’lum a’zolar ishini izidan chiqarar ekan.

1. Barchasi mening bo’ynimda — osteoxondroz;

2. Barchasi jonimga tegdi — o’smalar;

3. Yuragimga qattiq oldim — yurak infarkti;

4. Menga muammolar  bosh og’rig’i bo’ldi — migren;

5. Qonimni ichdi — qon kasalliklari;

6. Sabr kosam to’ldi —gipertoniya;

7. Eshitgim kelmaydi, o’chir — garanglik;

8. Asabimni sinama — depressiya;

9. Hayotimda quvonch yo’q — jigar, o’t qopi kasalliklari, semizlik;

10. O’z-o’zini yeyish, birovlarni ishini xazm qila olmaslik — yara kasalliklari;

11. O’lgudek charchadim — urologik xastaliklar rivojlanishini isbotlagan.

Doimo salomat bo’lishda o’zimizga, so’zlayotgan so’zlarimizga  extiyotkor bo’laylik. Zero, dunyolarni,  inson organizmini so’zlar boshqaradi!

SoglomHayot