Bu qiziq

«Aylanadigan» uy aks etgan optik illyuziya TikTok foydalanuvchilarini hayratga soldi (video)

Комментариев нет

Hazelannm nomli akkaunt egasining optik illyuziya aks etgan videosi TikTok’da mashhurlikka erishdi. Unda maydon o’rtasidagi uy aylanayotgandek ko’ringan. Daily Mirror’ning ma’lum qilishicha, mazkur rolik 1,6 milliondan ko’proq tomosha qilingan, deb yozadi «News.Mail.ru».

Video muallifining ma’lum qilishicha mazkur uyni Avstraliyaning Sidney shahridan bir necha o’n kilometr uzoqlikda joylashgan aeroportga yaqin yerda uchratish mumkin. Bir qarashda oddiy ko’rinadigan uyning yonidan mashinada o’tib ketayotganda «aylangandek» tuyuladi.

https://hordiq.uz/wp-content/uploads/2021/02/t_video5312356911398521550.mp4

Keyinchalik mazkur bino rassom Rejina Uolters tomonidan qurilgan, uy ko’rinishidagi maxsus konstruksiya ekani ma’lum bo’lgan. Videoga 240 mingdan ortiq layk bosilgan, 1,4 mingga yaqin izoh yozib qoldirilgan. Foydalanuvchilarning ayrimlari mazkur bino yonidan o’tganini yozgan bo’lsa, boshqalar haqiqatan ham shunday joy borligidan hayratlangan.

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Qaysi avtomobil nomlari yodda yaxshiroq saqlanib qoladi?
Bolalikdagi eng zo’r joy qaerligini bilasizmi?
Меню