Uyida qanotiga shikast yetgan kapalakni topib olgan Daliya bir necha kun davomida uni suv va asaldan tayyorlangan nektar bilan boqqan, shundan keyin, uning uchishi uchun yordam berish yo’lini topgan.

Ayol do’kondan ijodiy ishlar uchun mo’ljallangan bir quti patlarni sotib olgan va shikast yetgan qanotga mos qilib yelimlab qo’ygan.

Dastlab kapalak ucha olmagan, ammo oradan biroz vaqt o’tgach, ko’plab urinishlardan so’ng, Nemo-Baki (ayol hasharotini shunday atagan) havoda rejalashtirishni o’rganib olgan. Ayol kapalakni bog’ga olib chiqqan va u gullar nektari bilan mustaqil oziqlangan. Oradan vaqt o’tgach u uchib ketgan.

Daliya kapalak yangi qanoti bilan tabiatda yashab keta olmasligidan xavotirlangan, biroq keyinroq uni yana uyi atrofida uchratib qolgan. Sodir bo’lgan voqea munosabati bilan Daliya bilagiga Nemo-Bakining tatuirovkasini chizdirib, «Hech qachon taslim bo’lma» degan yozuvni tushirgan.