TikTok qisqa videoxizmati joriy yilning birinchi choragida 175 mln martadan ortiq yuklab olindi va dunyodagi eng tez rivojlanayotgan xizmatga aylandi. Bu haqda Sensor Tower tahliliy kompaniyasi o’z hisobotida xabar berdi.

Yuklab olishlar soni bo’yicha ikkinchi va uchinchi o’rinlarda 150 mln martadan ko’proq yuklab olingan Instagram va Facebook egalladi.

To’rtinchi o’rindagi WhatsApp 125 mln marta yuklab olingan. Kuchli beshlikni 100 mln martadan ortiq yuklab olingan Telegram tugatdi.

Umuman olganda, TikTok ishga tushirilgandan beri 3,5 mlrd martadan ortiq yuklab olindi. Bu ushbu ko’rsatkichga ega beshinchi ilova va Meta kompaniyasiga tegishli bo’lmagan yagona dasturdir. 2018 yil boshidan beri hech bir ilova TikTok’dan ko’proq yuklab olinmagan.

Avvalroq Toshkentda xorijiy tiktokerlar ishtirokidagi konsert jamoatchilik noroziligidan so’ng bekor qilingani haqida xabar berilgan edi.