O’ylab ko’rdingizmi? 2019 yil 9 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?

 

 

QO’Y (21. 03 — 20. 04)

Tadbirkorlar bugun sergak va xotirjamlikka e’tibor qaratishlari kerak. Foydali kelishuvlarni shoshma-shosharlik bilan imzolashingiz tavsiya etilmaydi. Aks holda tuzatilmas xatoga yo’l qo’yishingiz mumkin. Biznesi ishlab chiqarish bilan bog’liq do’stlar ham mas’uliyatni chuqurroq his etishlari talab etiladi. Jarohat olmaslik uchun juda ehtiyotkorlik bilan ish tuting. Bugun kechqurun safarga otlanmang, safar sizni boshi berk ko’chaga olib kirib qo’yishi mumkin.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

9 martda nafaqat kuch, balki asab tizimingizni ham ehtiyot qiling. Asab qayta tiklanmasligini yaxshi bilasiz. Emotsiyasiz, xotirjamlikda ham barcha muammolarni bartaraf eta olasiz. Ayollarimiz tashqi ko’rinishlariga yana bir karra e’tibor qaratib qo’yishlari tavsiya etiladi. Agar tashqi ko’rinishingizdan ko’nglingiz to’lmay kelayotgan bo’lsa, o’zingizga ma’qul libosni xarid qilsangiz ham ziyon bo’lmaydi. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Serqatnov yo’llarda e’tiborli bo’ling.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Agar kuch va imkoniyatlaringizdan to’g’ri, me’yorida foydalana bilsangiz, bugungi kun siz uchun juda quvonchli kechadi. Qalbingizdagi garmoniyani yo’q qilishi mumkin bo’lgan hodisalardan qoching. Shubhali tanishuvlardan voz keching. Muloqotda me’yorni biling. Oilasiz bo’lsangiz ham birinchi uchragan odam bilan tanishishga oshiqmang. Bunday tuyg’ular aldoqchi hamda jodugarnamo bo’ladi. Asabni ehtiyot qiling.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

9 mart kuni moddiy manfaatlar ketidan quvishni bas qiling. Yo’qsa, yaqinlaringiz mehrini ham unutib, intihosida yolg’izlanib qolishingiz hech gap emas. Pul topiladigan matoh. Yaqinlaringiz topilmaydi. Dam olish uchun uyushtiriladigan har qanday ko’rinishdagi safar albatta muvaffaqiyatli kechadi. Kuzatuvchan bo’ling. Yo’lingizda tasodifan duch keladigan qulay imkoniyatlarni ko’zdan qochirib qo’ymang. Hasadgo’ylar bilan muloqot qilishdan nari bo’ling.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Bugun ko’proq dam olish, to’yib uxlash va vujudingizdagi kuchni behuda sarflamasligingiz tavsiya qilinadi. Oila qurmaganlarning bugungi muhabbat sarguzashtlari omadli o’tadi. Orzulashlar, xavotirlar ham yoqimli kechadi. Kechqurun qarindoshlardan biri sizga yoqmaydigan bir mavzuda suhbatga tortishi kutiladi. Afsuski, bu suhbatdan qochib qutula olmaysiz. Ayrimlar kechki payt holsizlikdan bezovta bo’lishlari mumkin.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

9 martda oilasizlardan kimdir o’ziga juda-juda yoqadigan bir insonni uchratishadi. Orangizda qisqa fursatda romantik lahzalar paydo bo’ladi. Do’stlardan biri kunning ikkinchi yarmida odamlar orasida turgan holda sizni tanqid ostiga olishi mumkin. Moliyaviy masalada muammo bo’lmaydi. O’zingiz rejalashtirgan miqdorda daromad olasiz. Kechqurun basseynda cho’milish xayrli kechadi. Surunkali xastalikka chalinganlar atmosferada davom etayotgan magnit bo’ronlarining salbiy ta’siridan saqlansinlar. Omadingizni bersin!

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Bugun tarozi burji ostida tug’ilganlarga birinchi navbatda salomatligi haqida qayg’urish tavsiya etiladi. Bo’g’imlar, umurtqa pog’onasi qismida kuchli og’riq sezayotganlar vrach qabuliga borishlari shart. Internet orqali o’zingizni o’zingiz davolashga urinmang. Safarga chiqishni reja qilgandingiz. Baxtga qarshi bugun rejangiz amalga oshmaydi. Tushkunlikka tushmang, bu yaxshilikka. Siz kechqurun shaxsiy avtomobilingiz bo’lsa, o’shaning mayda-chuyda ta’miri bilan shug’ullaning.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

9 mart kuni moliyaviy muammolaringiz muddatidan oldin ijobiy hal bo’lishi kutilmoqda. Demak, inqiroz va muvaffaqiyatsizliklar sizdan nari ketadi. Bugun omadning barcha-barchasi faqat sizniki bo’ladi. Basharti qaysidir ishga pul tikish niyatingiz bo’lsa, sira ikkilanmay shu ishga kirishing. Salomatlikni mustahkamlash uchun ko’p narsa kerak emas. Parhez, to’yib uxlash va jismoniy badantarbiyaning o’zi yetarli bo’ladi.

 

O’QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Kuningiz qiziqarli va yorqin hodisalarga boy bo’lishi kutiladi. Siz ko’ngilochar tadbirlarning tashabbuskoriga aylanasiz. Hadeganda o’zingiz muammo chiqaravermasangiz, do’stlar va tanishlar bilan munosabatlar a’lo darajada kechadi. Kechqurun yaqin insoningizni yoningizga olib do’kon aylansangiz ham ziyon qilmaydi. Bu qo’shimcha kayfiyat beradi va o’zingizga yoqqan buyumlarni xarid qilish uchun imkoniyat yaratadi.

 

TOG’ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

9 martda sizni bir talay omadli lahzalar qarshi olishi kutilmoqda. Ularni anchadan beri izlardingiz. Mana, oyog’ingiz ostidan chiqmoqchi, qabul qilib oling. Profilaktikaga e’tibor qaratsangiz, shamollash va infeksiyali xastaliklarga uchrashingiz xavfi ortga chekinadi. Demak, bu xastaliklarda havoni yoki qarshingizda aksa urganlarni ayblashingiz noto’g’ri. Jismoniy ahvolingiz me’yorda bo’lishini ta’minlang.

 

QOVG’A (21. 01 — 19. 02)

 

Kuningiz ham yorqin, ham biroz charchoqlarga boy o’tadi. Baribir ortga chekinishingiz kerak emas. Kun davomida muvaffaqiyatli xaridlarni amalga oshirasiz. Shuning natijasida ruhan kuch yig’asiz. Ammo bugun olis safarga chiqish fikridan voz keching. Safar sizga omadsizlik keltiradi. Kosmetik muolajalardan ham tiyilib turishingizga to’g’ri keladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. O’zingizni ehtiyot qiling.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

9 mart kuni jamoaviy ishlarda faol ishtirok etishingiz mumkin. To’g’ri, bu ishlarni bajarganlik uchun katta pul va’da qilishadi. Ammo yaqin orada ola bilmaysiz. Kutishingizga to’g’ri keladi. Shaxsiy hayotingizda sokinlik hukm suradi. Agar hali oila qurishga ulgurmagan yigitlar tanlaganiga muhabbat izhor qilmagan bo’lishsa, bugun shunday imkoniyat bo’ladi. Undan unumli foydalaning.

Xushvaqt bo’ling! Hammavaqt bo’ling!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *