O’ylab ko’rdingizmi? 2019 yil 8 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?

 

8 mart bayramingiz muborak bo’lsin, aziz ayollar!

 

QO’Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun ishingiz, shaxsiy hayot bilan bog’liq qo’shimcha bilimlarga ega bo’lish uchun harakatlar sodir eting. Omadga erishishingiz uchun kafolat deyarli yso’q. Agar intiluvchan va mehnatsevarga aylanmasangiz, moddiy ahvolingizning mazasi qochishi mumkin. Shu masalada kun davomida tasodifiy suhbatdoshlardan biri sizga qimmatli maslahatlar berishi kutiladi. Shundan keyin ko’plab masalalarga optimistlarcha boqa boshlaysiz. Kechqurun ovqatlanish rejimiga qat’iy amal qilishni unutmang. O’zingizni asrang.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

8 martda biling, yumshoq divandan boshqa yoqimli narsalar ham ko’p. Masalan, sevimli xobbingiz. Bugun birovlarning faylasufona maslahatlari sizga hech bir jabhada yordam bera olmaydi. Ish bo’ladimi, shaxsiy hayotmi, o’zingiz mustaqil tarzda harakatlar sodir etishingiz kerak. Kunning ikkinchi yarmida ayrimlar safarga otlanishi mumkin. Safar sizga moddiy manfaat hadya etadi. Kechqurun ko’pchilik do’stlarimiz eski qadrdonlar bilan birgalikda vaqt o’tkazishadi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Bugun bajaradigan ishlaringiz qanchalar murakkab va og’ir bo’lmasin, javobgarlikdan, mas’uliyatdan qochmang. Kerak bo’lsa sizga do’stlar, qondoshlar va tanishlar yordamga keladi. Oilalilar farzandlarining qaysidir biri bilan bahslashib qolishi mumkin. Masalaga ularning yoshini hisobga olgan holda yondashishingiz tavsiya qilinadi. Kechqurun oilangiz davrasida dam oling. Oilasizlarni romantika kutib qoladi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

8 mart kuni oila qurmaganlardan kimdir yetti uxlab tushida ham ko’rmagan ajoyib bir inson bilan uchrashib tanishadi. Ishoning, sizning muhabbatingiz, kelgusi baxtingiz xuddi o’sha inson. Ammo hayajonlaringizni sir tutishga harakat qiling. Realistlarcha harakatlar sodir eting. Moliyaviy masalada tejamkorlik talab etiladi. Xaridlarning eng muhimlarinigina amalga oshiring. Shunda inqiroz sizni chetlab o’tishi mumkin.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Istaklaringiz, orzularingiz bir olam. Shularga faollikni ham qo’shib qo’ysangiz, istaklar harakatga kelishi va haqiqatga aylanishi mumkin. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda jiddiy xatoga yo’l qo’yishingiz kutilmoqda. Agar shu xatoga yo’l qo’ysangiz, omad sizdan yuz o’giradi. Zahiradagi pullarni sandiqdan chiqarib olishingizga to’g’ri keladi. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Ob-havoga qarab kiyining.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

8 martda qadrdonlar, do’stlar, qo’shnilar, yaqin tanishlarga xarakteringizdagi minus jihatlarni namoyish etishdan saqlaning. Bu borib-borib katta janjallarga sabab bo’lishi mumkin. Agar qaergadir bormoqchi yoki jiddiy xaridlarni amalga oshirmoqchi bo’lsangiz, do’stlardan birini hamroh sifatida qo’shib oling. U sizga qimmatli maslahatlari bilan asqotib qolishi tayin. Surunkali xastalikka yo’liqqanlar dorilarini o’z vaqtida ichishlari tavsiya etiladi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Bugun katmondagi boyliklarni emas, ma’naviy boyliklaringizni barchaga namoyish eting. Ayniqsa, yoningizda sevimli insoningiz bo’lsa, ma’naviyat juda kerak bo’ladi. Qaysidir ishlarni bajarish jarayonida eski prinsiplaringizga sodiq qolgan holda harakatlar sodir eting. Kechki payt xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurish ehtimoli bor. Totli suhbatlar kayfiyatingizni ko’tarib, sizga ruh bag’ishlaydi albatta.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

8 mart kuni har bir qadamingizni ob’yektiv baholashingiz zarur bo’ladi. Sizni bir umr qo’llab-quvvatlab kelgan odamlarni tanqid ostiga olishdan saqlaning. Ish ish bilan-u, ammo har bir o’tayotgan lahzadan lazzat olishga harakat qiling. Moliyaviy muammolar bugun faqat sizning foydangizga ijobiy hal bo’ladi. Muhabbatda esa shubhalar, jahldorlikdan o’zingizni ola qoching. Sog’lig’ingiz pand berishi mumkin. Arzimas shubhalar salomatligingiz yomonlashuviga arzimaydi.

 

O’QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun o’ta og’ir yumushlarni bajarishdan o’zingizni olib qoching. Agar ishlaringiz yurishmasa, asabiylashishdan sira foyda yo’q. Tashlang-u, dam oling. Moliyaviy masalada tavakkalchilikka yo’l bermang. Bu ahvolingizni battar og’irlashtirib qo’yishi mumkin. Tadbirkorlar bugun kechki payt muhim bir loyihaga pul tikishlari kutiladi. Lekin juda ehtiyotkor bo’lishingiz kerak. Arzimas xato ham muvaffaqiyatsizlik garoviga aylanishi hech gap emas.

 

TOG’ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

8 martda qalbingizga quloq tutgan holda ish tuting. U sizga shubhali ishlarni ham albatta aytib beradi. O’zingizga yaxshi tanish bo’lmagan odamlar bilan hamkorlik qilmang. Undaylar bir lahzaning o’zida sizni chuv tushirib ketishi ehtimoldan xoli emas. Muhabbatda ham yasama xushomadlar va izhorlardan nari bo’ling. Kechqurun ba’zilar olis safarga otlanishlari mumkin. Safaringiz bexatar bo’ladi. To’g’ri ovqatlanishga e’tibor qarating.

 

QOVG’A (21. 01 — 19. 02)

 

Kuningiz ancha og’ir, chalkash ishlarga boy kechadi. Bu yo’lda juda ehtiyotkor bo’lishingiz tavsiya qilinadi. Shaxsiy biznesiga ega do’stlarimizni ayrim hamkorlar aldashga harakat qilib ko’rishi mumkin. Agar qalbingizga, tafakkuringizga quloq tutgan holda ish ko’rsangiz, aldanishlardan, janjalli lahzalardan nari bo’lasiz. Hatto, raqobatchilarni ham changingizda qoldirib ketasiz. O’zingizni ehtiyot qiling.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

8 mart kuni kayfiyatingiz minusga tushib qolgan bo’lsa, pulni tejab o’tirmang. Dam oling, yoqimli xaridlarni amalga oshiring. Qiz-juvonlar go’zallik saloniga borib kelishsa ham kayfiyatlari asl holiga tushgan bo’lardi. Biling, kunni qancha yengil kechirishga urinsangiz, o’zingizni shuncha yaxshi his eta borasiz. Kechqurun telefon orqali bir odam bilan jiddiy suhbat kutadi. Bu suhbat ham bahs-munozaralardan iborat bo’lishi mumkin.

Xushvaqt bo’ling! Hammavaqt bo’ling!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *