O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 7 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin? 1

O’ylab ko’rdingizmi? 2019 yil 7 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?

 

 

QO’Y (21. 03 — 20. 04)

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 7 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin? 2

Kuningiz xushchaqchaqlikda o’tadi. Oila qurmaganlar romantika og’ushida go’yo dunyoni unutishadi. Kun davomida sizga qo’shimcha daromad keltiruvchi ish taklif etishlari mumkin. Ayrimlar ilgari bajargan ishi uchun haqni ham aynan bugun oladigan bo’lib turishibdi. Ishxonangizda muhit havas qilsa arzigulik darajada yoqimli tus oladi. Demak, bajaradigan ishingizda ham unum bo’ladi. Kechqurun salomatligingizni nazardan o’tkazishni unutmang. Toza havoda albatta sayr qiling.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

7 martda moliyaviy masalada vaziyatni keskinlashtirib qo’yishdan saqlaning. Ahvolingiz siz o’ylaganchalik dahshatli emas. Umuman aytganda, moliyaviy muammolarga real ko’z bilan boqing. Ishga zinhor kechika ko’rmang. Rahbarlardan gap eshitishingiz mumkin. Ular yaqin orada zimmangizga o’ta muhim bir vazifani yuklashmoqchi. Ishonchni oqlasangiz, mo’maygina mukofot pulining egasiga aylanasiz. Jamoada obro’yingiz ham bir necha pog’ona yuqorilaydi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Olis safarga otlanuvchilar ertalaboq barcha muhim hujjatlarni rasmiylashtirishlari, obdon yana bir karra tekshirib ko’rishlari lozim. Arzimas xatoga yo’l qo’ysangiz, yoki biror hujjatni qoldirib ketsangiz, bu sizga juda qimmatga tushishi mumkin. Oilasizlar endigina bo’lg’usi jufti bilan tanishib, uchrasha boshlagan bo’lishsa, uni o’ziga bo’ysundirish fikridan voz kechishlari kerak. Kechqurun og’ir hazm bo’luvchi, yog’li, sho’r va achchiq taomlar iste’mol qilmang. Zaharlanishingiz mumkin.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

7 mart kuni ish bajarishda punktuallik asosiy o’rinda turishi lozim. Shu narsa muvaffaqiyatingiz garovi hisoblanadi. Bugun barcha turdagi zararli odatlardan voz kechish muvaffaqiyatli kechadi. To’g’ri, bir kundayoq barchasiga ko’z yumib keta olmaysiz. Lekin boshlasangiz bas, iroda kuchingiz yetsa, tez fursatda tashlab ketasiz. Ovqatlanishda semirib ketishingiz mumkinligi hech qachon yodingizdan ko’tarilmasin.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Bugun ish joyingizda go’yo bo’ron turadi. Rahbarlarga bajarilgan ishlar hisobini berish, yangi yuklangan vazifalarni ado etish sizni yaxshigina holdan toydirishi mumkin. Agar kuch va imkoniyatlaringiz yetarliligiga ishonsangiz, barcha ishlarni tushga qadar tugatishga harakat qiling. Pul olish masalasida ayrim mushkulotlar yuzaga keladi. Ammo buning ham yechimi topiladi. Kechqurun toza havo sayri boshqa kunlardagidan ham qiziqarliroq, foydaliroq kechadi.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

7 martda nafaqat ish va shaxsiy hayot, balki yaqinlaringiz ahvoli bilan ham qiziqib ko’rishingiz tavsiya etiladi. E’tiborni ilgarigiga nisbatan kuchaytiring. Kerak bo’lsa, ularga yordam ko’rsating. Bugun faqat faol hayot tarzigina sizga manfaat keltiradi. Passivlik muvaffaqiyatsizlikka olib boradi. Garchi bel hamda oyoq qismlaringiz og’rib turgan bo’lsa-da, sport mashg’ulotlaridan voz kechmang. Ko’proq piyoda yuring. Surunkali xastalikka yo’liqqan bo’lsangiz, profilaktika haqida unutib qo’ymang.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Bugun ko’p vaqtingizni toza havoda o’tkazishingiz talab etiladi. Agar ishxonangizgacha u qadar uzoq bo’lmasa-yu, mashinada qatnasangiz, bugun piyoda borib ko’ring. Albatta foydasini sezasiz. Tashabbuskorlik tarozi burji ostida tug’ilganlarga omad kalitini tutqazadi. Kunning ikkinchi yarmida ziyoli, dunyoqarashi keng, og’ir-bosiq, ochiq ko’ngil odamlar bilan tanishuvlarni boshdan kechirasiz.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

7 mart kuni ayrimlar ko’p vaqtini serdaromad ish izlash bilan o’tkazishi mumkin. To’g’ri qilasiz, astoydil harakat qilsangiz, kun davomida albatta o’zingizga mos ishni topasiz. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda to’siqlarga duch kelishingiz ehtimoli bor. Lekin bu qo’rqinchli emas. Pul topishingizda jiddiy xalal bera olmaydi. Qolaversa, kerakli daromadga ega bo’la olmagan taqdiringizda ham zahiradagi pullaringiz bilan cheklanib tura olasiz. O’zingizni ehtiyot qiling.

 

O’QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Kuningiz quyoshli va quvonchli kechadi. Siz ishlash o’rniga dam olish va do’stlar bilan chaqchaqlashishni tanlashingiz mumkin. Bundan tashqari, barcha quvonchli, shodon lahzalar sizni qurshab turadi. Ular kayfiyatingizni tushkunlikka tushishdan asraydi. Serqatnov yo’llarda ehtiyotingizni qiling. Xizmat safariga jo’nash lozim bo’lsa, shaxsiy mashinangizda yo’lga chiqmaganingiz ma’qul. Muhim hujjatlarni unutib qoldirishdan saqlaning. Salomatligingizni ham ko’z qorachig’idek asrang.

 

TOG’ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

7 martda ishni jamoaviy tarzda bajarishingizga to’g’ri keladi. Busiz maqsadga yetishingiz qiyin bo’ladi. Tadbirkorlar bugun muhim hujjatlarni rasmiylashtirish va foydali shartnomalarni imzolashda nihoyatda ehtiyotkor bo’lishlari kerak. Arzimas kichik xato ham siz uchun qimmatga tushishi mumkin. Oilasizlar muhabbatda jiddiylikdan qochsinlar va hazil-mutoyibaga ahamiyat bersinlar.

 

QOVG’A (21. 01 — 19. 02)

 

Kuningiz a’lo darajada kechadi. Hali birovlarga ma’lum bo’lmagan iste’dodingizni bugun barchaning ko’z o’ngida namoyish etishingiz mumkin. Qaysi ishga qo’l urmang, o’z tajribangizga suyaning. Muhabbatda oilalilar ham, oilasizlar ham omadga egalik qilishadi. Ammo munosabatlarni sun’iylashtirishga urinmang. Bu ishni uddalay olmaysiz. Kechqurun ovqatlanish rejimiga nazar tashlab oling.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

7 mart kuni birinchi navbatda yangi tanishuvlarga e’tibor qarating. Bu jamiyatda o’rningiz yanada mustahkamlanishini ta’minlaydi. Oilaviy hayotda siz yon berishga va to’g’ri so’zlashga harakat qiling. Janjallar keltirib chiqish fikridan yiroq bo’ling. Aks holda reallikdan uzoqlashib ketasiz. Bu juda xavfli va sizni inqirozga yuz tutdiradi.

Xushvaqt bo’ling! Hammavaqt bo’ling!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *