O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 6 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin? 1

O’ylab ko’rdingizmi? 2019 yil 6 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?

 

 

QO’Y (21. 03 — 20. 04)

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 6 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin? 2

6 mart kuni sizni omad kutib turadi. Ishda ham, shaxsiy hayotda ham yorqin lahzalar hamrohingiz bo’lishi kutilmoqda. Mehnat ta’tiliga chiqishingizga hali vaqt bor. Shuning uchun astoydil yeng shimarib ishga kirishavering. Muhabbatda illyuziyaga yon bermang. U muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Moliyaviy masalada esa omad sizdan buguncha yuz o’girmoqchi. Zahiradagi pullardan foydalanib turishingizga to’g’ri keladi.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Yaqin o’tmishda tuzgan rejalarni haqiqatga aylantirish payti yetdi. Ularsiz bugun muvaffaqiyatdan umid qilishga haqqingiz ham yo’q. Shaxsiy hayotda hammasi risoladagidek tuyulishi mumkin. Ammo yaxshilab nazar tashlasangiz, juftingiz bilan munosabatlar tarang tortilganiga guvoh bo’lasiz. Ochiqchasiga gaplashib olishingiz kerakka o’xshaydi. Kechqurun qarindoshlaringizdan biri moddiy ahvolingiz yaxshilanishida ko’mak beradi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

6 martda yuzaga keladigan chigal vaziyatlar hayot yo’lingizda o’zgarish yasashga majbur etishi mumkin. Ishlarni bajarish masalasida ham yolg’izsiz. Mustaqil harakatlanishingizga to’g’ri keladi. Oilangizda ham muammolar qalashib yotibdi. Afsuski, ularni bartaraf etishda ham hech kim yordamga kelmaydi. Yana o’zingiz jon olib jon berishingiz kerak. Kechqurun toza havoda sayr qiling, yengil tortasiz. Salomatlikni asrang. Asablarni ehtiyot qiling.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Bugun sizda tog’ni ursangiz tolqon qilar darajadagi imkoniyatlar bor. Ular dunyoga, hayotga real boqishingizda ham yordam beradi. Ayrimlar kun davomida favqulodda yashash yoki ish joyini o’zgartirishi mumkin. Faqat zaif jihatlaringizni atrofdagilarga ko’rsatmagan holda harakatlar sodir eting. Juftingiz yoki bo’lg’usi juftingiz kechqurun sizga kutilmagan sovg’a tayyorlab qo’yadi. Bu sizga bir olam yoqimli emotsiyalarni hadya etadi.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

6 mart kuni atrofingizda sodir bo’layotgan hodisalardan ko’nglingiz to’lmasligi kuzatiladi. Hatto, eng yoqimli lahzalarni ko’rib ham baribir xafaqonlik girdobida qolib ketasiz. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda faqat o’zingizga ishoning. Bu ishda hatto yaqin qarindoshlar ham ko’maklasha olmaydi. Oshqozoningizni ehtiyot qiling. Yog’li va sho’r taomlar iste’molidan tiyiling. O’zingizni ehtiyot qiling.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Basharti ayrim voqea-hodisalar kayfiyatingizni bir pul qilmasa, umuman kuningiz quvonchli o’tishi kutilmoqda. Ishga va hayotga real ko’z bilan boqing. Bajarishning imkoni yo’q ishlarga qo’l urmang. Ish joyingizda vaziyat o’zgarishi mumkin. Bu sizning foydangizga. Odamlar bilan muloqotda, hayotdan ko’ngil to’lgan holda yashashda jiddiy to’siq vazifasini o’tovchi amallardan, vaziyatlar va muhitdan voz keching. Surunkali xastalikka yo’liqqan bo’lsangiz, muolajalar olish haqida o’ylab ko’ring.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

6 martda har bir harakatingiz va gapiradigan gapingizni nazoratda ushlang. Mabodo birovni bilib-bilmay ranjitib qo’ysangiz, darhol kechirim so’rashingiz tavsiya etiladi. Bugun emotsiya masalasi siz uchun og’ir keladigan bo’lib turibdi. Shu sababli o’zgalar bilan janjallashib qolishdan saqlaning. Moliyaviy muammolaringiz kunning ikkinchi yarmida albatta ijobiy hal bo’ladi. Kechqurun ba’zi do’stlarimiz xizmat safariga jo’nab ketishi mumkin.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun boshqalarning kamchilik, nuqsonlarini qidirishdan o’zingizni tiyishingiz talab etiladi. Siz ham ideal emassiz. Shuning uchun bu masalada o’zingizni risoladagidek tuting. Shunda ishxonadagi ishlar ham baroridan kela boshlaydi. Moliyaviy masalada bugun sizga muhabbat yordamga keladi. Bu qanday sodir bo’lishi yolg’iz xudoga ayon. Shu hodisa sodir bo’lganda ko’rasiz-da. Safarga otlanish masalasini boshqa kunga qoldiring. Bugungi safar oqibatida jarohat olishingiz xavfi bor.

 

O’QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

6 martda nimaiki ishga qo’l urmang, yaqin do’stlaringiz yordam beradi. Moliyaviy muammolaringiz ham ular nazaridan qochib qutula olmaydi. Shaxsiy hayotingizda faqat sokinlik hukm suradi deb bo’lmaydi. Muammolar yetarli. Lekin chidashga majbursiz. Oilali bo’lsangiz, juftingizdan hadeganda ayb qidiravermasligingiz lozim. Borib-borib aslida o’zingiz aybdor bo’lib chiqishingiz hech gap emas. Kechqurun sport bilan shug’ullanish kayfiyatingizni ko’taradi.

 

TOG’ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

Bugun kimga nima va’da qilsangiz, albatta va’dangiz ustidan chiqishingiz kerak bo’ladi. Ayniqsa, bu va’dalar bolalar yoki qarindoshlarga berilsa, albatta ijro talab qilinadi. Ish bilan bog’liq yangi loyihalarni bir chetga surib turing va hamkasblar bilan janjallar kelib chiqishining oldini oling. Salomatligingiz kechki payt yomonlasha boshlashi kutiladi. Darhol vrach ko’rigiga boring. Ba’zilarni surunkali xastalik bezovta qila boshlashi mumkin.

 

QOVG’A (21. 01 — 19. 02)

 

6 mart kuni tashqi ko’rinishingizga e’tibor qaratish, salomatlik haqida qayg’urish muvaffaqiyatli kechadi. Qiz-juvonlar kosmetolog qabuliga borib kelishlari, salomatlik uchun foydasi tegadigan uqalash muolajalarini olishlari tavsiya qilinadi. Bugun sho’r, achchiq taomlar iste’molidan tiyiling. Gazli ichimliklarning yaqiniga yo’lamang. Kechqurun ayrimlar safarga otlanishi mumkin. Safaringiz muvaffaqiyatli kechadi. Omadingizni bersin!

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Qarama-qarshi jins vakil yoki vakilalari bilan munosabatlarda faol va tashabbuskor bo’ling. Bu oila qurmaganlarga hayotni yo’lga qo’yib olishda juda asqotadi. Oilalilar esa jufti bilan muloqotda tiliga ehtiyot bo’lishlari kerak. Agressivlikdan ehtiyot bo’ling. Uning yetovida juftingizni qattiq ranjitib qo’yishingiz hech gap emas.

Xushvaqt bo’ling! Hammavaqt bo’ling!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *