O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 5 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin? 1

O’ylab ko’rdingizmi? 2019 yil 5 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?

 

 

QO’Y (21. 03 — 20. 04)

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 5 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin? 2

Bugungi kuningiz yengil kechmaydi. Rejalar amalga oshmay kuydiradi. Har bir vaziyat sizga qarshi yuzaga kelaverishi xit qiladi. Shaxsiy hayotda esa aksincha hammasi joyida. Oilangizda ahillik, sokinlik hukm suradi. Hatto, juftingiz bilan janjallashib qolgan taqdirda ham bunday ajoyib muhitni buza olmaydi. Baribir kayfiyatingiz a’lo bo’ladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Kechqurun oila davrasida vaqt o’tkazing.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

5 martda har bir voqea-hodisaga tiyrak ko’z bilan boqishingizga to’g’ri keladi. Do’stlar bilan iliq munosabatlarni saqlab qolishga harakat qiling. Basharti ular munosabatni salbiy tarafga burmoqchi bo’lishsa, unda siz ham salomga yarasha alik olasiz-qo’yasiz. Qarindoshlaringizga qancha kerak bo’lsa, shuncha mehr-oqibat, e’tibor ko’rsating. Oilasizlar bugun romantik uchrashuvni boshdan kechirishadi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Olis kelajak rejalar tuzishni bugundan boshlayversangiz bo’ladi. Bugun tuzila boshlangan reja kelgusida albatta muvaffaqiyat hadya etadi. Muhabbatda kichik ko’ngilsizliklarni boshdan o’tkazishingiz mumkin. Shunga qaramay, garmoniya siz bilan qoladi. Moliyaviy muammolaringiz kechqurunga yaqin ijobiy hal bo’lishi kutilmoqda. Kutilmaganda juda katta pulga ega chiqishingiz mumkin. Sandiqni bo’shatib qo’yavering. Sog’liqni ham albatta ehtiyot qiling.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

5 mart kuni hayotning har jabhasida mustahkamlik hukmron bo’lishi uchun voqea-hodisalarni ma’lum ma’noda o’zingizga bo’ysundirishingiz talab etiladi. Moliyaviy masalada omadingiz chopadi. Kimdir mo’may daromadli ish taklif etadi. Oldindan avans sifatida picha pul berishlari ham ehtimoldan xoli emas. Kechqurun qarindoshlaringiz sizni muvaffaqiyatlar bilan tabriklashga, sizni olqishlashga tayyor turishibdi.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Bugun sizning hayot osmoningiz bulutsiz bo’ladi. Har qadamingizga quyosh ta’zim bajo aylaydi. Lekin haddan tashqari yirik loyihalar ustida ishlashdan tiyiling. G’iybatchi va hasadgo’ylarni kun davomida aylanib o’ting. Oila qurmaganlardan kimdir bo’lg’usi juftidan kutilmagan sovg’ani qabul qilib olishi mumkin. Asablarni ehtiyotlang. Bo’lar-bo’lmasga pul sarflashdan saqlaning. Omadingizni bersin!

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

5 martda sizga hazil-mutoyibaga qorishiq munosabatlar katta yordam beradi. Masalan, ertalab kayfiyatingiz nolda, emotsiya pinakka ketgan bo’lsa-da, o’zingizni majburlab kimgadir hazil qiling. Yoki juda kulgili latifani eslang. Shu zahoti kayfiyatingiz ko’tariladi. Ko’ribsizki, atrofdagilar bilan munosabatlar jonlanadi. Kechki payt yangi tanishuvni boshdan kechirishingiz mumkin. Shamollaganlar bo’lsa, bugun xalqona usul yordamida davolanish muvaffaqiyatli kechadi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Agar o’tmish hanuz sizni ta’qib etishda davom etayotgan bo’lsa, bugun ertalabdayoq uni haydab soling. Unuting. Eski arazlar, alamlarga ko’z yuming. Dunyoga boqing. Qanchalar go’zal bu dunyo! Unga boqib zavqlaning. O’zingizni o’zingiz xursand qilishga odatlanmasangiz, birov kelib kayfiyatingizni ko’tarib qo’ymaydi. Nimanidir kreditga olmoqchi bo’lsangiz, buguncha voz keching. Kechqurun xonadoningizga kutilmagan mehmonlar tashrifi ham ehtimoldan xoli emas.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

5 mart kuni moliyaviy ahvolingiz a’lo darajada bo’ladi. Ammo shaxsiy hayotingizda tub burilishlar yuz berib xunob qilishi mumkin. Bunday lahzalarda asta o’tirib, xotirjamlikni qo’ldan bermagan holda fikrlashga harakat qiling. Bugun xizmat safari muvaffaqitli kechadi. Hamkasblardan biri bilan yo’lga chiqasiz. Qaytishda esa moddiy manfaat ko’rishingiz ham hech gap emas. Salomatligingiz pand bersa, o’zingizni o’zingiz davolashdan saqlaning. Vrach ko’rigiga chiqing.

 

O’QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Oilaviy baxt tushunchasini yana bir karra yodga olib, yaqinlaringizning qadriga yetishdan tiyilmang. Munosabatlarni mustahkamlashdan ko’ra buzish osonroq. Lekin buzilgan munosabatni qayta tiklash do’zax azobiga teng bo’ladi. Bugun sport bilan shug’ullanish xayrli kechadi. Oilali bo’lsangiz, farzandlaringiz uchun ham alohida vaqt ajrating. Ularning tarbiyasi bilan jiddiy shug’ullanishingizga to’g’ri keladi.

 

TOG’ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

5 martda shaxsiy hayotingizga hazil-mutoyiba olib kiring. Shu narsa ishlaringiz silliq bitishida, qarindoshlar, juftingiz, bo’lg’usi juftingiz bilan munosabatlar mustahkam tortishida yordam beradi. Yaqin o’tmishda yo’l qo’ygan xatoliklarni takrorlab qo’yishdan ehtiyot bo’ling. Atrofdagilar bilan munosabatlarda tilingizga ehtiyot bo’ling. Arzimas noto’g’ri gap ham katta janjalga sabab bo’lishi mumkin. Kechqurun kimdir qo’lingizga bir dasta pul tutqazishi kutiladi.

 

QOVG’A (21. 01 — 19. 02)

 

Zahiradagi pullaringizni ishlatish zarurati tug’ilsa, tafakkurga suyangan holda ish tuting. Buni qanchalar qiyinchilik bilan to’plaganingizni esga oling. Surunkali xastalikka chalinganlar bugun kun davomida bezovtalikni boshdan o’tkazishlariga to’g’ri keladi. Xastalik ham ba’zida borligini bildirib turishi kerak-da. To’g’ri emasmi? Parhezda bo’lsangiz, davom ettiring, spirtli ichimlik iste’molidan tiyiling.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

5 mart kuni professional kasbingiz bilan bog’liq bo’ladimi, shaxsiy hayotingizga tegishlimi, farqi yo’q, muammo zoti borki, joyida bartaraf etib ketishga harakat qiling. Mas’uliyatni chuqur his eting va xatolarga yo’l qo’yishni bas qiling. Uqalash muolajalari olish, sport bilan shug’ullanish, kaloriyaga boy taomlar iste’moli bugun muvaffaqityali o’tadi. Ayrimlar bosh og’rig’i va varikozdan bezovtalanishi mumkin.

Xushvaqt bo’ling! Hammavaqt bo’ling!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *