O’ylab ko’rdingizmi? 2019 yil 4 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?

 

 

QO’Y (21. 03 — 20. 04)

Agar hozirgi paytda bajarayotgan ishlaringiz moddiy manfaat keltirmayotgan bo’lsa, darhol boshqa ish topishingiz tavsiya etiladi. Kun davomida safarga otlanishingiz ham ehtimolga yaqin. Lekin safardagi muvaffaqiyatlar ham vaqtincha. Do’stlar bilan turli mavzularda bahslashib qolishingiz ehtimoli bor. Bu shaxsiy hayotingiz va oilasiz bo’lsangiz, romantik mavzuda bo’lishi ham mumkin. Asabni asrang.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

4 martda har jihatdan baquvvat, ya’ni, badavlat shaxslar bilan uchrashib tanishishingiz kutiladi. Xuddi o’shalar ba’zi masalalarga hushyor munosabat yuritishni o’rgatib qo’yishadi. Ishga ijodiy yondashganlar yaqin kelajakda shaxsiy biznesini ochishlari mumkin. Moliyaviy ahvolingiz o’rtacha kechadi. Pulsiz qolib ketmaysiz. Asosiysi shu. To’g’ri emasmi? Oilaviy hayotda yaqinlaringizni ranjitib qo’yishdan saqlaning. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Oilangizda qulay va iliq bir muhitni yaratishga harakat qiling. Bu suyukli insoningiz bilan munosabatlarni mustahkamlashda, ro’zg’ordagi muammolarni ijobiy hal etishda yordam beradi. Uy-joy, moliya va xususiy mulk masalasida tanaffuslar ko’zga tashlanadi. Salomatligingiz ham bugun sizga pand berishi kutilmoqda. Allergiya va shamollashdan bezovtalanishingiz ehtimoli bor. Kechqurun og’ir hazm bo’luvchi taomlar iste’mol qilishdan o’zingizni tiying.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

4 mart kuni ko’zingizga juda issiq ko’rinaveradigan odam bilan tanishasiz. Haqiqatan, uni birinchi ko’rganingizdayoq juda tanishga o’xshataverasiz. Bunday holatlar oxiri muhabbat bilan yakun topadi. Demak, oilasiz bo’lsangiz, o’sha inson sizning taqdirdoshingizga aylanishi mumkin. Professional kasbingiz bilan bog’liq ishlar mas’uliyat va aniqlik talab qiladi. Rahbarlar ishonib topshiradigan vazifalarni qancha ko’p ado etsangiz, mukofoti ham shuncha ko’p bo’ladi. Serqatnov yo’llarda juda ehtiyot bo’ling.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Organizmingizni jismonan zo’riqtirishdan, sovuq havoda ko’p turib qolishdan va spirtli ichimlik iste’mol qilishdan saqlaning. Bular immunitetingiz tushib ketishini ta’minlab, ayrim a’zolaringizga jiddiy ziyon yetkazadi. Hamkasblar bilan o’zaro munosabatlarni mustahkamlashga harakat qiling. Agar sababsiz ular bilan bahslasha boshlasangiz, tanqidga uchrashingiz mumkin. Emotsiyangizni jilovda ushlang.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

4 martda zahiradagi pullarni ishlatib qo’yishdan saqlanishingiz tavsiya etiladi. Garchi moddiy ahvolingiz minusga tushib qolgan bo’lsa ham zahiradagi pullarga tegmang. Yaxshisi, xaridlardan voz keching. Kechqurun yoqimli va xushchaqchaq bir davraga tushib qolishingiz kutiladi. Kayfiyatingiz yuqori bosqichgacha ko’tarilishi tayin. Davradagi har bir ishtirokchi sizga faqat optimizm hadya etadi. Surunkali xastalikka chalinganlar profilaktika haqida unutib qo’ymasinlar.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Kunning birinchi yarmida moddiy ahvolingiz ajoyib tarzda yaxshilanadi. Ammo pullarni darrov ishlatishga tushib ketmang. Agar zahirangizda kamomat yuzaga kelgan bo’lsa, o’shani to’ldiring. Ayrimlar kun davomida bosh, buyraklar og’rig’i, qon bosimi tushib ketishidan bezovtalanishlari mumkin. Agar bunday simptomlar sizni anchadan beri qur-qur bezovta qilib kelayotgan bo’lsa, vrach ko’rigiga shoshiling. O’zingizni o’zingiz davolashga aslo urinmang. Afsus chekib qolishingiz hech gap emas.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

4 mart kuni yo dam olishni tanlang, yo ishni. Agar o’zingizni o’ta horg’in his etayotgan bo’lsangiz, vaqtincha dam oling. Aksi bo’lsa, bor kuchingizni ish bajarishga sarflang-da, mukofotini oling. Ba’zilarning zaif xarakterlariga guvoh bo’lsangiz, xotirjamlikda munosabat bildiring. Shunda o’sha odam bilan ham munosabatingizga putur yetmaydi. Kechqurun oila qurmaganlarni romantik uchrashuv kutadi. Toza havo sayrini ham esdan chiqarmang.

 

O’QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Tez-tez shamollab qolayotgan bo’lsangiz, tibbiy ko’rikdan o’tish masalasini bugundan qoldirmang. Xastalikdan faqat professional tarzdagi muolajalargina xalos eta oladi. Moliyaviy masalaga kelsak, bugun daromaddan xarajatlar ko’proq bo’lishi mumkin. Oila a’zolaringiz bilan orangizga sovuqchilik tushmasligi uchun ularga nisbatan muloyimroq munosabat yuriting. Ovqatlanish rejimini buzmang. Asablarni ehtiyot qiling.

 

TOG’ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

4 martda har qanday voqea-hodisani fojia sifatida qabul qilishga moyillik seza boshlaysiz. Nega? Vaziyat siz o’ylaganchalik og’ir bo’lmaydi. To’g’ri, moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun badavlat tanishlar yordami kerak bo’lishi mumkin. Lekin bu pashshadan fil yasashga asos bo’la olmaydi. Moddiy ahvolingizni yaxshilashda sira tortinmasdan o’ziga to’q tanishlarga qo’ng’iroq qiling. Kimdir albatta yordam qo’lini cho’zadi. Hech bo’lmaganda qimmatli maslahatini ayamaydi. O’zingizni ehtiyot qiling.

 

QOVG’A (21. 01 — 19. 02)

 

Agar ishlaringiz o’zingiz xohlagandek unumli kechmayotgan bo’lsa, sira xavotirga tushmang. Bulutsiz osmon faqat ertaklardagina bo’lishini unutmang. Muhabbat bobida oila qurmaganlarning omadi chopadi va yigitlar tanlaganiga muhabbat izhor qilishga nihoyat jazm qila olishadi. Faqat bunday mas’uliyatli pallada bo’shashishni xayolingizga ham keltirmang. Salomatlik haqida ham alohida qayg’uring.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

4 mart kuni tashqi ko’rinishingiz va salomatligingiz bilan bog’liq noqulay vaziyatlardan nari bo’lishga harakat qiling. Basharti bugunga qandaydir muolajala belgilangan bo’lsa, boshqa kunga qoldira turing. Shaxsiy hayotingizda kutilmagan vaziyatlar ko’ndalang bo’lishi mumkin. Yo qaergadir favqulodda jo’nab ketasiz, yo qarindoshlardan biri uchun zarur buyumni xarid qilasiz.

Xushvaqt bo’ling! Hammavaqt bo’ling!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *