O’ylab ko’rdingizmi? 2019 yil 16 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?

 

 

QO’Y (21. 03 — 20. 04)

Agar qo’lingizdan kelmasa, o’sha ishni bajarishingizga ko’zingiz yetmasa, birovlarga behuda va’da berishdan saqlaning. Ishxonangizda tafakkurga suyangan holda harakatlar sodir eting. Shunda yetakchilar qatoridan joy olishingiz yengillashadi. Shaxsiy hayotingizda osoyishtalik hukm surishi kutiladi. Shaxsiy biznesi borlar va tadbirkorlar bugun biror ish yoki mahsulot uchun katta pul tikishdan tiyilsinlar.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

16 mart kuni hech kimdan, hatto, yaqin qarindoshlardan ham yordam kutib ovora bo’lmang. Bugun faqat o’z kuch va imkoniyatlaringizga suyanishingiz kerak bo’ladi. Moliyaviy muammolarni hal etishda ham o’ta dilgirlik talab etiladi. Beparvolikka erk bera ko’rmang. Aks holda pulsiz qolib ketishingiz hech gap emas. Dilgir bo’lsangiz, keragidan ko’proq daromad ko’rishingiz ham haqiqatga yaqin. Sog’lig’ingizni ehtiyot qiling.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Ertalaboq bugun kim bilan ishlash kerag-u, kimni inkor etish lozimligi haqida mulohaza qilib oling. Yaqin do’stlaringiz oltinlarga teng. Shuning uchun ularni aslo ranjita ko’rmang. Muhim hujjatlar bilan ishlashga to’g’ri kelsa, xato qilmaslikka intiling. Xatoga yo’l qo’ysangiz, uni keyin tuzatish qimmatga tushishi mumkin. Bekorga advokatlar uchun ortiqcha pul sarflaganingiz qoladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

16 martda hech kimga pul qarz bermang va birovlarning biznesiga ham pul tikmang. Agar faqat yaxshilik haqida o’ylasangiz, kuningiz ham xuddi shunday go’zal kechishiga shubha yo’q. Kun davomida nafaqat yoqimli vaziyatlarni, balki rosmana mo”jizalarni boshdan kechirishingiz mumkin. Oilasizlarning shaxsiy hayotida tanaffuslar ko’zga tashlanadi. Bo’lg’usi taqdirdoshingiz bilan uchrashib tanishsangiz kerak.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Kuningiz qayg’uli kechishi kutilmoqda. Siz har bir yoqimsiz vaziyat tufayli asabiylashishingiz mumkin. Biling, asab temirdan emas. Salomatlikni esa pulga sotib ololmaysiz. Kun davomida shaharda yashaydiganlar qiziqarli sayr-u sayohatlarni boshdan kechirishlari, mo’may daromadga ega chiqishlari kutiladi. Agar xaridlarga tejamkorlik bilan munosabatda bo’lsangiz, oilaviy byudjetingizni butunligicha saqlab qolgan bo’lardingiz.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

16 mart kuni ishxonangizda qanday yo’l bilan bo’lmasin, foyda keltiradigan usullar topib, ulardan unumli foydalanishga harakat qiling. Hamkasblar bilan e’tiborli bo’lgan holda tillashishingiz tavsiya qilinadi. Moliyaviy masalada ayrim kichik yo’qotishlarga duch kelasiz. Lekin bu umumiy moddiy ahvolingizga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Oilasizlar qo’rqishmasa ham bo’ladi. Sizni sevgan inson bugun ham yolg’iz qoldirmaydi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Yaqindagina yangi ishga o’tgan bo’lsangiz, hozirdan obro’ qozonish uchun harakatingizni qilavering. Kechqurunga yaqin qarindoshlar bilan til topisha olmasligingiz oqibatida emotsiyalar bo’roni ostida qolishingiz mumkin. Shunday ekan, ularning tilini topishga intiling va o’zingizni asabiyliklardan asrab qoling. Kechqurun spirtli ichimliklar iste’mol qilishingiz tavsiya etilmaydi. Omon bo’ling!

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

16 martda hayot kartinangiz ajoyib tarzda ko’rinish beradi. Qarshingizda hozir bo’ladiganlar sizni juda aqlli va mehribon inson sifatida yana bir karra tan ola boshlashadi. Ularning ishonchini yo’qotmang. Ishxonangizga kelsak, esda tuting, ish tezlik bilan emas, sifat bilan o’lchanadi. Boshqa hamkasblardan ortda qolmaslik uchun urinishlardan, tavakkalchiliklardan qochmang. Kechqurun qanday bo’lmasin, sport bilan shug’ullanish uchun vaqt topishingizga to’g’ri keladi.

 

O’QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Kuningiz og’ir kechadi. Kimlargadir haqligingizni isbotlash, kimlar bilandir sudma-sud chopish kabilarni boshdan kechirishingiz ehtimoli bor. Basharti shu sinovlarga dosh bera olsangiz, kunning keyingi qismi muvaffaqiyatli kechishi aniq. Oilasizlarning yaqinda tanlagani bilan munosabatlarga nuqta qo’yganlari o’zini bugun juda yolg’iz va tashlandiq inson sifatida tasavvur eta boshlashi mumkin. Xafa bo’lmang, vaqt hakam. Hammasi asta-sekin joyiga tushib ketadi.

 

TOG’ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

16 mart kuni xayol osmonidagi bulutlar ustida parvoz qilishni bas qilib, ikki oyoqda mustahkam tura olsangizgina ko’zlangan niyatlarga erishasiz. Shu narsa ko’ngilsizliklardan nari bo’lishingizda katta yordam beradi. Yangi kasbni tanlaganlar bugun muvaffaqiyatlar qurshovida bo’ladi. Moliyaviy muammolarni hal etishda bo’shasha ko’rmang. Ovqatlanish tartibi va rejimga amal qiling. O’zingizni asrang.

 

QOVG’A (21. 01 — 19. 02)

 

Bugun birinchi navbatda o’zingizga, salomatligingizga va tashqi ko’rinishingizga e’tibor qarating. Boshqalar haqida qayg’urishdan vaqtincha bo’lsa-da voz kecha turing.

Muhabbatda ba’zilarni shubha-gumonlar zabtiga olishi mumkin. Oila qurmagan bo’lsangiz, bu masalaga jiddiy yondashing. Tanlagan insoningizni erinmasdan nazoratdan o’tkazing. Bu hayot. Ana shunda shubhalar girdobida yashashdan tiyilasiz.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

16 martda ishda ham, boshqa harakatlarni sodir etishda ham o’zingizdan ko’ra birovlar yordamiga ko’proq ehtiyoj sezasiz. Biroq bunday ahvolda baxt deganini umuman ko’rmasligingiz ehtimoli bor. O’ylab ko’ring. Kimki bugun chin ko’ngildan ishlashni qoyillata olsa, o’shani omad qarshi oladi. Do’stlarning pul masalasida beradigan maslahatlariga amal qilmang. Muvaffaqiyatsizlikka yuz tutasiz. Sog’lig’ingizni o’ylang.

Xushvaqt bo’ling! Hammavaqt bo’ling!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *