O’ylab ko’rdingizmi? 2019 yil 15 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?

 

 

QO’Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun yo ish, yoki turar joyingiz yangilanish ehtimoli bor. Agar haqiqatan shularni rejalashtirgan bo’lsangiz, ortga qaytmang. Chunki rejangiz muvaffaqiyatli amalga oshadi. Yangi kasb egallash istagida yurganlarga ham bugun omad kulib boqadi. Faqat tanlagan kasbingizdan butkul bexabarlarning maslahatlariga quloq tutib qo’ymang. Faqat qalbingizga quloq tuting. Kechqurun anchadan beri ko’rishmagan bir inson haqida yoqimli xabar eshitishingiz mumkin.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

15 martda har qanday hajmdagi ishlarni dadil boshlashingiz, yangi loyihalar, g’oyalarni hayotga tadbiq etishingiz, qalbingiz xohlaganidek oilaviy bayram uyushtirishingiz mumkin. Bularning barchasi sizga qo’shimcha ruh va xush kayfiyat ato etadi. Moddiy ahvolingiz ham kunning ikkinchi yarmida boshqalar havas qilsa arzigulik darajada yaxshilanadi. Shubhasiz, xaridlar uchun shoshilishingiz tayin. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Bugun ertalabdan kissavur, firibgar va sotqinlardan ehtiyotingizni qiling. Kuningiz yengil kechmaydi. Ammo to’siqlarni optimist va ehtiyotkorga aylansangiz, oson yengib o’ta olasiz. Angina, shamollashdan bezovtalar bo’lsa, profilaktikaga e’tibor qaratsinlar. Aks holda xastalik surunkaliga aylanib ketishi hech gap emas. Muzqaymoq va muzdek ichimliklardan nariroq yurishingiz tavsiya etiladi. Ko’chaga chiqishdan oldin havo bilan hisoblashgan holda kiyining.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

15 mart kuni dangasalikni yaqiningizga keltirmang. Doimiy tarzda sergak yuring. Yo’qsa, martabangiz oshishi uchun yaratiladigan qulay imkoniyatlardan quruq qolishingiz mumkin. Kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Oilalilarni kechki payt ajoyib bir hodisa kutib qoladi. Bu xonadoningizda yangi mehmon dunyoga kelishi, yangi uyga ko’chish bilan bog’liq bo’lishi ehtimolga yaqin.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Ishxonangizda lavozimingiz oshishi, kissangizga pul kelib tushishi va foydali xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin. Xarid qilgan buyumlaringizga belgilangan chegirmalar kayfiyatingizni bir necha pog’ona yuqoriga ko’tarishi tayin. Muhabbatda oilasizlar muvaffaqiyatga erishishdan umid qilsalar yarashadi. Bir so’z bilan aytganda, siz bugunning yagona qahramoniga aylanasiz. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

15 martda shaxsiy biznesiga egalarning omadi chopishi kutilmoqda. Bilim sari intiluvchilar ham muvaffaqiyatlardan quruq qolishmaydi. Agar bugun imtihon topshiradigan bo’lsangiz, biling, imtihonni a’lo baholarga topshirasiz. Kun davomida salomatligingiz pand bera boshlashi mumkin. Tez-tez qon bosimingizni o’lchating. Og’riqlar paydo bo’lsa, bardosh qilishni unuting va chorasini toping.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Bugun sizga qat’iyatlilik har jabhada yordam beradi. Bu hayotingizni ijobiy tarafga o’zgartirib yuborishi ham ehtimoldan xoli emas. Moliyaviy muammolar bugun sizga yuz foiz yon bermoqchi emas. Na iloj, zahira pullardan foydalanib turishingizga to’g’ri keladi. Basharti shaxsiy biznesingizni ochish niyatida yurgan bo’lsangiz, bugunoq harakatni boshlashingiz kerak. Bugun safarga chiqish zarurati tug’ilsa, boshqa kunga qoldiring.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

15 mart kuni moddiy jihatdan qiyinchiliklarga duch kelishingiz xavfi bor. Bankdan kredit olishingizga to’g’ri keladi shekilli. Shaxsiy hayotingizda sezilarli darajadagi ijobiy o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Oilasizlarning ayrimlari bugun kechga yaqin orzusidagi insonni uchratib, tanishishi mumkin. Bu tanishuv kelgusida romantik uchrashuvlarga ulanib ketishiga umid bog’layvering. Baxtli bo’ling!

 

O’QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Ishlaringiz bugun ko’p bo’ladi. Shuning uchun ish tempini pasaytirmang. Astoydil yeng shimarib ish boshlasangiz, manaman degan yumushning dodini berib tashlay olasiz. Hamkasblardan biri sizga dimog’dorlarcha munosabat yuritishi tufayli u bilan janjallashib qolishingiz mumkin. Olis safarga chiquvchi oila qurmaganlarni ham yo’lda omad kutib turadi. Siz shu safar bahonasida romantik tanishuvni boshingizdan o’tkazasiz.

 

TOG’ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

15 martda siz uchun muhabbat tuyg’usi birinchi o’rinda turadi. Agar undan qochishni xayol qilsangiz, ovora bo’lasiz. Chunki taqdiringiz shunday. Taqdirdan qochib qutulib bo’lmaydi. Xususiy mulk, turli buyumlar oldi-sotdisi, ro’zg’ordagi muammolar kuchli e’tibor talab qiladi. Kechqurun yolg’iz qoling va kelgusi rejalarni xomcho’t qiling. Og’ir hazm bo’luvchi taomlar iste’molidan tiyiling. Kechasi og’ir ovqatlar odamga do’stlik qilmaydi.

 

QOVG’A (21. 01 — 19. 02)

 

Bugun hayotingizda paydo bo’ladigan har bir vaziyat, hodisa va o’zgarishlarni jilmayish bilan qabul qiling. Atrofingizda sodir bo’ladigan ijobiy o’zgarishlarga faxr bilan boqishingiz kerak bo’ladi. Shaxsiy hayotga optimistlarcha yondashing. Yaqinlaringiz bilan bo’ladigan suhbatlar, umuman, munosabatlarda tilga ehtiyot bo’ling. Kimnidir behuda ranjitib qo’yishdan saqlaning. Sog’lig’ingiz bugun sizga pand bermaydi.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

15 mart kuni qimmatbaho buyumlarni xarid qilishdan, safarga otlanishdan va boshqa uyga ko’chishdan qat’iyan bosh torting. Ommaviy tanaffuslar bugun sizga yaxshilik keltirmaydi. Kun mobaynida huquqiy masalalarda bahs-munozarali vaziyatlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Moddiy ahvolingizni yaxshilashda puldor tanishlaringiz yordam berishi mumkin. O’zingizni ehtiyotlang.

Xushvaqt bo’ling! Hammavaqt bo’ling!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *